Suness: "Pogbaning ketganidan raqiblar xafa bo'lishdi"
07 avg 2022 00:51
Yangiliklar


Suness: "Pogbaning ketganidan raqiblar xafa bo'lishdi"
Grem Suness yarim himoyachi Pol Pogbaning "Manchester Yunayted"dan ketgani haqida gapirdi.
"Fikrimcha, Pogba - "Manchester Yunayted"ning eng yomon transferi bo'ldi. Uning vazifasiga bo'lgan munosabatini hech qachon oqlab bo'lmasdi. So'nggi mavsumlardagi uning tutishi barchasini ko'rsatib turibdi.
"Yunayted"ning barcha raqiblari uning ketganidan xafa bo'lishsa kerak. CHunki u kiyim almashtirish xonasidagi atmosferani buzadigan yagona inson edi. SHu sababli Mourino uni virus deb atagandi", - dedi "Liverpul"ning sobiq murabbiyi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar