Suness: "Barsa" Messisiz YCHL saralashiga yo'llanma ololmaydi"

16 avg 2020, 23:30
1978-84 yillarda "Liverpul" sharafini himoya qilgan Grem Suness ingliz klublariga "Barselona" yetakchisi Lionel Messini sotib olish borasida maslahat berdi.

"Messi "Barselona"ni boshqarishdan charchaganga o'xshaydi. Usiz klub Chempionlar Ligasi kvalifikaciyasiga ham yo'l ololmasdi. Hozir Leoga taklif yuborishning ayni vaqti. Men uni MYU yoki "Man Siti"da tasavvur qila olaman".

Ma'lumot uchun, 6 yil davomida Mersisayd klubida to'p tepgan sobiq futbolchi "qizillar" bilan 5 marta Angliya chempioni, 3 bora Yevropa chempionlari kubogining sohibiga aylangan.

O'xshash yangiliklar


Manba: Mundodeportivo.com