So’nggi yangiliklar

08:53Грузиялик футболчи фаолиятини "Сурхон"да давом эттиришга яқин  1 08:26Пўлатхўжа Холдорхонов фаолиятини водийда давом эттиради  1 07:58Грузия терма жамоасининг собиқ футболчиси "Бухоро"га ўтмоқда  7 07:30Эрон ОАВси. Сергеев "Персеполис" билан шартнома имзолади  7 03:15Африка кубоги. 1/8 финал. Мали пенальтилар сериясида Тунисни мағлуб этди, Сенегал эса Судан устидан зафар қучди  0 03:03Ла Лига. "Барселона" сўнгги дақиқалардаги иккита гол эвазига "Эспаньол"ни мағлуб этди  24 03:00А Серия. "Аталанта" ўз уйида "Рома"ни мағлуб этди  1 02:11Саудия Арабистони Про лигаси. "Ал Иттиҳод" ўз майдонида рақобатчисини мағлуб этди  0 00:26АПЛ. "Арсенал" 5 та гол урилган ўйинда меҳмонда "Борнмут"ни мағлуб этди, Райсдан дубль!  12 23:59А Серия. "Ювентус" ўз майдонида "Лечче"ни мағлуб этолмади  4 23:35Ўзбекистон ва Озарбайжон чемпионлари Анталияда ўзаро ўйнашади  4 23:17БАА чемпионати. "Ал Батаэҳ" ўз майдонида "Дибба"га мағлуб бўлди, ўзбекистонлик икки ўйинчи баҳсда тўлиқ ҳаракат қилди  2 22:30"Астон Вилла" кетма-кет 11 уй ўйинида ғалабага эришди  6 22:12АПЛ. "Вулверхэмптон" мавсумдаги илк ғалабасини қўлга киритди  3 21:49"Қизилқум" 4 футболчиси билан хайрлашди  0

Sunatilla Ermatov: “Neftchi” hali o'z so'zini aytadi” Yangiliklar

Sunatilla Ermatov: “Neftchi” hali o'z so'zini aytadi”

Superliganing 3-turiga kelib “Neftchi”safida yana bir iqtidorli futbolchi Sunatilla Ermatov o'zining debyut uchrashuvini o'tkazdi.

Bahsni asosiy tarkibda boshlagan futbolchi o'zida yaxshi taassurot qoldirdi. Ayni paytda bayram munosabati bilan qisqa tatilga chiqqan futbolchi bilan bog'landik.

– Sunattila, 3-turga kelib Farg'ona jamoasi safida ilk marta maydonga tushdingiz. Taassurotlar qanday?

– Taassurotlar ajoyib bo'ldi. Murabbiylar menga ishonch bildirib, asosiy tarkibda maydonga tushirishdi. Bunday imkoniyatdan samarador foydalanib o'zimni ko'rsatishga harakat qildim. “Neftchi” safida maydonga tushganimdan xursandman.

– “Bunyodkor” bilan o'yin haqidagi fikrlaringiz bilan o'rtoqlashsangiz?

– O'zingiz guvohi bo'ldingiz, juda shiddatli raqobat kechdi. Maydonning xar bir qarichi uchun kurash bo'ldi. Raqibni mag'lub etishni o'z oldimizga maqsad qilib maydonga tushgandik. Afsuski, ko'zlagan natijamizga erisha olmadik. Toshkentliklarga bosim uyushtirdik va gol kiritish uchun xavfli vaziyatlarni yuzaga keltira oldik. Lekin bir qarashda, to'p darvozaga kirishni istamagandek tuyuldi. Muxlislar ham ko'rib turgandi. G'alaba yo'lida chin yurakdan mehnat qildik. Bu futbol, gohida g'alaba gohida mag'lubiyat bo'ladi. Bu o'yin shunday ediki, bitta gol natijani belgilab berardi. Yakunda ham shunday bo'ldi.

– “Bunyodkor” jamoasi haqida nima deysiz?

– Kuchli va hamjihat tarkibga ega jamoa hisoblanadi. Ancha yillardan beri birga o'ynab kelishmoqda. Raqib tarkibida alohida kimnidir ko'rsatmagan bo'lardim. Umuman olganda, yaxshi jamoa sanaladi.


– “Neftchi”ning g'alabasiga nima etishmadi?

– CHempionatga bir oy qolganda yangi jamoa tashkillandi. Tarkib yomon emas. Murabbiylar yaxshi saviyadagi ijrochilarni jamlagan. Agar o'z ustimizda ishlab, mehnat qilishda davom etsak ijobiy natijalar qayd etamiz. SHu o'rinda, bir narsani alohida aytib o'tmoqchiman “Neftchi” jamoasi hali o'z so'zini aytadi.

– Taqvim “Neftchi”ga ketma-ket qiyin raqiblarni ro'baro etyapti. Keyingi tur “Paxtakor”ga qarshi Toshkentda kechadi. Bo'lajak o'yindan nimalar kutyapsiz?

– “Paxtakor” – aqlli jamoa. Safarda oson o'yin bo'lmaydi albatta. Buni barcha yaxshi tushunib turibdi. Toshkentliklarning kuchli tarafi bu ularning legioner futbolchilarida deb o'ylayman. Lekin raqib maydoniga faqat va faqat g'alaba qozonish uchun boramiz. Bu mavsumda niyatlarimiz jiddiy sanaladi.

– Muxlislardan nima so'ragan bo'lardingiz?

– Ishqibozlarning daldasi biz uchun muhim hisoblanadi. Nasib qilsa, ularning ishonchini oqlaymiz. Hali jamoamiz nimalarga qodir ekanligini ko'rsatib qo'yamiz. O'tgan turdagi mag'lubiyatdan fojia yasash kerak emas. CHempionat endi boshlandi. G'alabali kunlar oldinda

Hojiakbar Jabborov suhbatlashdi  


Reyting: +6   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика