Sulsher: "Yigitlarim mag'lubiyatdan qo'rqmaydi"
05 jan 2019 20:10
Yangiliklar
![](https://championat.asia/upload/storage/470385_original.jpg)
![](/upload/storage/470385_220.jpg)
Sulsher: "Yigitlarim mag'lubiyatdan qo'rqmaydi"
"Manchester Yunayted" bosh murabbiyi Ole-Gunnar Sulsher Angliya kubogi doirasida "Reding"ga qarshi o'yindan keyingi fikrlari bilan o'rtoqlashdi.
"Yigitlarim mag'lubiyatdan qo'rqishmaydi. Ular jentlmenlarcha o'yin ko'rsatishadi va "Old Trafford"da raqiblariga taslim bo'lishni istashmaydi. Bu erga chiqib, yuqori temp bilan g'alaba qozonishimiz yoki mag'lub bo'lishimiz mumkin edi. Ammo faqatgina oldinga qadam tashlash - haqiqiy kalit. "Reding"ning bunchalik qattiq o'yin ko'rsatishida esa mening aybim yo'q.
Raqiblar o'yinning dastlabki daqiqalarini nazorat qilishdi va bizga tezlik berishmadi. Biroq biz to'qqizta imkoniyatga ega chiqdik. Bu ham katta qiyinchiliklar evaziga bo'ldi. Jamoada ijrochilar yaxshi saviyadaligi bois ikkita gol urdik", - dedi Sulsher.
O’xshash yangiliklar
![AMP Logo](https://championat.asia/image/logo-amp.png)
Fikrlar