Sulsher - Sancho haqida: "U MYU ananalariga juda ham mos"
23 iyu 2021 22:51
Yangiliklar
Sulsher - Sancho haqida: "U MYU ananalariga juda ham mos"
"Manchester Yunayted" bosh murabbiyi Ole-Gunnar Sulsher yarim himoyachi Jeydon Sanchoning transferi haqida gapirdi.
"Jeydon jamoamda ko'rishni istagan futbolchilardan biri. U "Manchester Yunayted"ning ananalariga juda ham mos.
U jamoaning uzoq yillik futbolchilaridan biri bo'lib qoladi. Sanchoni tezroq jamoam tarkibida ko'rishni istayman.
Uning gol va assistlari borasidagi statistikasi ko'p narsadan so'zlaydi. Jeydon bizga fantastik tezlik, golli vaziyatlar va kreativlik taqdim qiladi.
"Old Trafford" esa Sanchoning iqtidori va yuqori darajada o'ynashiga o'zining munosib hissasini qo'shadi", - dedi Sulsher.
Fikrlar