Sulsher - Sanchesga: "Sen mening jamoamga loyiq emassan"
03 may 2020 14:25
Yangiliklar


Sulsher - Sanchesga: "Sen mening jamoamga loyiq emassan"
"Manchester Yunayted" bosh murabbiyi Ole-Gunnar Sulsher futbolchi Aleksis Sanchesning jamoadan ketishini boshidanoq istagan.
CHililik futbolchi mashg'ulotlarda Meyson Grinvud bilan janjallashib qolgan. "the Athletic" jurnalisti Endi Mittenning yozishiga ko'ra, o'shanda Aleksisning MYUdagi taqdiri hal bo'lgan.
"Olening o'sha paytdagi qarorlarini to'g'ri tushunish kerak. U o'z yo'lini tanladi.
Aleksis Sanchesga qarang. U mashg'ulotda Grinvud bilan janjallashib qoldi va o'shanda Sulsher unga qarab qattiq baqirgandi: "Sen mening jamoamga loyiq emassan, kelasi mavsumda bu erda bo'lmaysan". SHundan keyin Sanches "Inter"ga ijaraga berib yuborildi, Grinvud esa tarkibda qoldi", - deb yozadi jurnalist.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar