Sulsher Ronaldu haqida: "U yanada ko'prog'iga erishmoqchi"

Aziz Tukhtamuradov
11 sen 2021, 08:27
"Manchester Yunayted" bosh murabbiyi Ole-Gunnar Sulsher Krishtianu Ronaldu haqida gapirib o'tdi.

"U faoliyati davomida nimalarga erishganini barchamiz bilamiz, ammo u yanada ko'prog'iga erishmoqchi. 

Ronaldu o'ziga nisbatan talablarni oshirib boradi. Faoliyati davomida u professional intizomni yuqori darajada ushlay olgan. 

Mashg'ulotlardan tashqari yana 45 daqiqalik mashqlar - uning meyori. Barcha uni kuzatadi. Albatta u jamoaga katta ta’sir o'tkazadi. 

Krishtianu klubni tark etganiga qaraganda hozir boshqa futbolchi. Ammo u haligacha ajoyib jismoniy holatini ushlab qolgan va bu hali yillar davomida unga futbol o'ynashga va gollar urishga yordam beradi", - dedi Sulsher. 

O'xshash yangiliklar


Aziz TukhtamuradovMuallif
Manba: manutd.com