Sulsher: "Pogbaning agenti haqida boshqa gapirmayman"
09 dek 2020 17:32
Yangiliklar


Sulsher: "Pogbaning agenti haqida boshqa gapirmayman"
"Manchester Yunayted" bosh murabbiyi Ole-Gunnar Sulsher Pol Pogbaning agenti Mino Rayolaning so'zlariga izoh berib o'tdi.
Rayola Pogbaning MYUdagi kelajagi haqida: “Barchasi tugadi”
Rayola mijozi va MYU o'rtasida hammasi tugagani va francuz shartnomani uzaytirmasligini malum qilgandi.
"Tarkibda hammasi joyida, ular doim birga bo'ladigan jamoa. Pogbaning agenti bu jamoaviy sport turi ekanligini qanchalik erta tushunib etsa, shunchalik yaxshi.
Ehtimol, bu haqdagi oxirgi gaplarimdir. Men Pogbaning agenti haqida boshqa gapirmayman", - dedi Sulsher.
Pogba MYUda 2016 yildan beri to'p tepib kelmoqda. Joriy mavsum u APLda 8ta o'yin o'tkazdi va bitta gol urdi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar