Sulsher - Pogba haqida: "Bu afsungarlik!"
15 avg 2021 11:15
Yangiliklar
Sulsher - Pogba haqida: "Bu afsungarlik!"
"Lids"ga qarshi o'yindan keyin "Manchester Yunayted" bosh murabbiyi Ole-Gunnar Sulsher 4ta assist qayd etgan Pol Pogba haqida gapirdi.
"Bu shunchaki afsungarlik. Haqiqatdan ham, bu futbolchiga ko'p narsalarni anglatadi. Stadiondagi atmosfera futbolchilarga qo'shimcha kuch bermoqda. SHunday tribuna ostida ikkinchi bo'limda tezda 4ta gol urib tashlash odamga ajoyib hissiyotlarni taqdim qiladi.
So'nggi 18 oy g'alati o'tdi. Muxlislar bilan faqatgina OAV orqali gaplasha oldik va shu boisdan ular bilan muloqot to'xtab qoldi. Muxlislar bilan yana ko'rishish yaxshi holat bo'ldi. Faqatgina shu orqali haqiqiy "Manchester Yunayted"ni ko'rishimiz mumkin. Aynan shu boisdan Edinson Kavaniga yana bir mavsum qolib, tarkibimizda o'ynashi kerakligini aytgandim", - dedi Sulsher.
Fikrlar