Sulsher: "O'yinchilar hech qachon qanday formani egnilarida kiyib yurishganini unutmasliklari kerak"
08 fev 2019 15:03
Yangiliklar
Sulsher: "O'yinchilar hech qachon qanday formani egnilarida kiyib yurishganini unutmasliklari kerak"
"Manchester Yunayted" bosh murabbiyi bo'lib turgan Ole-Gunnar Sulsher o'z ishidan roxat olayotganini aytib o'tdi.
"Qaerda bo'lishidan qati nazar o'sishni istaydigan o'yinchilar bilan ishlashni yoqtiraman.
Ular bilan gaplashishni, ularga yordam berishni va o'z qarashlarim bilan o'rtoqlashishni xush ko'raman.
G'alaba qozonish yo'lini topa olish kerak. Nafaqat men, balki Mayk (Felan), Kiran (Makkena) yoki Maykl (Kerrik) ularga oldindan tushuntirib berishadi.

Mayk bilan birga jamoaga keldik va o'yinchilar ishonchni, ularga ishonishimizni his qilishlarini xohlaymiz. CHunki, aslida ham shunday.
Ular shu erda, chunki ular o'zgacha. "Manchester Yunayted" hech qachon alohida hislatlari yo'q o'yinchilarni sotib olmaydi.
Ular hech qachon qanday formani egnilarida kiyib yurishganini unutmasliklari kerak", - dedi Sulsher.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ўзбекистон U-23 терма жамоаси мусобақани ғалаба билан бошланди. Стартда Ливанни енгдик
Алижонов "Пахтакор"да қолиш учун йирик битимни рад этди
Тезкор хабар! Рубен Аморим МЮдан кетди
Расман: Шерзод Насруллаев — "Пахтакор" аъзоси!
Fikrlar