Sulsher MYUga o'yinchi sifatida o'tishi haqida: "Liverpul" va "Bavariya" taklif bilan chiqqan, ammo bitta tanlov bor edi"
25 mar 2020 10:56
Yangiliklar
Sulsher MYUga o'yinchi sifatida o'tishi haqida: "Liverpul" va "Bavariya" taklif bilan chiqqan, ammo bitta tanlov bor edi"
"Liverpul" va "Bavariya" menga taklif bilan chiqqanmi? Ha. Yana "Kalyari", PSV va bir nechta boshqa klublar ham. Lekin, men tarixni o'zgartirolmasdim. Faqat bitta tanlov bor edi. MYU taklif bilan chiqqani ajoyib bo'lgandi.
"Molde" xo'jayinlari mendan ofisga kelishimni so'rashdi, "Yunayted"ning taklifi haqida aytishdi va bu menga yoqdimi deb so'rashdi. Albatta!

"Men Fergyuson bilan uchrashuvdan oldin asabiylashdim. CHunki, siz qandaydir ahmoqona gap aytib qo'yishdan qo'rqasiz. Bu esa unda noto'g'ri birinchi taassurot paydo bo'lishiga sabab bo'lishi mumkin. U men qanday o'ynashimni ko'rmaganini bilardim, shu sabab bu men uchun juda muhim uchrashuv edi.
Bu shunchaki men edim. Biz Ser Aleks bilan "Old Trafford"dagi restoranda tushlik qildik, bu taxminan 30 yoki 45 daqiqa davom etdi. U shunday dedi: "Birinchi 6 oyni adaptaciya uchun o'rinbosarlar tarkibida o'tkazasan, bundan foydalan. Rojdestvodan keyin esa seni birinchi jamoa tarkibiga o'tkazishimiz mumkin", - deya tarixni esladi Sulsher MYU rasmiy saytiga bergan intervyusida.

O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ла Лига. "Реал Мадрид" ўз уйида "Реал Бетис"га 5 та гол урди
АПЛ. "Ман Сити" "Челси"га қарши ўйинда 90+4 дақиқада тўп ўтказиб юборди ва ғалабани бой берди, Ҳусанов 51-дақиқада захирадан ўйинга қўшилди
Алижонов "Пахтакор"да қолиш учун йирик битимни рад этди
Ла Лига. "Барселона" сўнгги дақиқалардаги иккита гол эвазига "Эспаньол"ни мағлуб этди
Fikrlar