Sulsher MYUdan portugaliyalik futbolchining transferini tezlashtirishni so'radi
23 iyu 2019 23:30
Yangiliklar


Sulsher MYUdan portugaliyalik futbolchining transferini tezlashtirishni so'radi
Manchester Yunayted ustozi Ole-Gunnar Sulsher klub rahbariyatidan Sporting yarim himoyachisi Brunu Fernandeshning transferini tezroq amalga oshirishni so'ragan.
Qayd etilishicha, Sulsher futbolchi bilan muzokaralarni tezlashtirishni manchesterliklarning vice-prezidenti Ed Vudvorddan iltimos qilgan.
Avvalroq, MYU 24 yoshli Fernandesh uchun «Sporting» klubiga taklif yuborgan bo'lib, Portugaliya jamoasi uni 70 mln. evro kamiga qo'yib yubormasligini malum qilgan. O'z navbatida «qizil iblislar» vakillari bu mablag'ni juda ham ko'p hisoblagandi.
Portugaliyalik futbolchiga shuningdek, «Atletiko» hamda «Tottenxem» klublari ham qiziqish bildirayotgani haqida xabarlar tarqalgan.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar