Sulsher MYU uchun qiyin qura haqida gapirdi
27 fev 2021 10:14
Yangiliklar


Sulsher MYU uchun qiyin qura haqida gapirdi
"Manchester Yunayted" bosh murabbiyi Ole-Gunnar Sulsher Evropa Ligasining 1/8 finaliga tashlangan quradan so'ng o'z fikrlarini bildirdi.
"Qiyin quralar ananasi davom etadi. Bu qarama-qarshilik CHempionlar ligasi muhitini beradi, bu yaxshi.
O'ylaymanki, jamoamiz bunday o'yinlarga jiddiy yondoshishi lozim. "Milan" ayni paytda kuchaygan va ular ushbu mavsumda yaxshi o'yin namoyish etishmoqda.
Ibragimovichning qilayotgan ishlari aqlga sig'maydi. Uni bu erda o'ynaganini, og'ir jarohat olganini eslaymiz. U qaytdi va ajoyib o'yin ko'rsatib, "Milan"ni turnir jadvali yuqorisiga olib chiqdi", - dedi Sulsher.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar