Sulsher: “MYU uchun mavsum bugundan boshlandi”
18 okt 2020 10:03
Yangiliklar
Sulsher: “MYU uchun mavsum bugundan boshlandi”
“Manchester Yunayted” bosh murabbiyi Ule-Gunnar Sulsher APL 5-turida “Nyukasl” ustidan (4:1) qozonilgan g'alabaga izoh berdi.
“Ajoyib natija, biz o'ziga xos “kambek”ni amalga oshirib, xarakter ko'rsata oldik. Yigitlar g'alaba uchun borlarini berishdi va keyingi o'yinlarni sabrsizlik bilan kutishmoqda. Bugun bir qator futbolchilarga dam berishga qaror qildim va maydonga tushgan futbolchilar biz istagan ishni amalga oshira olishdi.
Pogba terma jamoa yig'inidan qaytdi va tizzasidagi muammolari bois uni maydonga tushirishni istamadim. Maguayr gol urdi va barchaka o'rnak bo'ldi. Mavsum biz uchun bugundan boshlandi. Bizda qiyin haftalar bo'ldi. Biz malum uslubga moslashishimiz uchun vaqt kerak edi va bugundan o'ylagan rejalarimiz amalga oshirishni boshladik”, deya Sulsherning so'zlaridan iqtibos keltirmoqda Sky Sports.
O’xshash yangiliklar
19:58
Futzal bo'yicha Oliy liga. BMB "Nasaf"ga 7 ta gol urdi (+ yakuniy musobaqa jadvali, ramziy jamoa) 2
Fikrlar