Sulsher: "Milan" bilan durang - adolatli natija"

Aziz Tukhtamuradov
12 mar 2021, 08:32
"Manchester Yunayted" bosh murabbiyi Ole-Gunnar Sulsher Yevropa Ligasi doirasida "Milan"ga qarshi o'yindan so'ng o'z fikrlarini bildirdi.

"O'yin oxiridagi zarbadan gol o'tkazib yuborganimizdan hafa bo'ldim. Bu vazifamizni qiyinlashtiradi. Ammo har qanday holatda ham barchasi ikkinchi o'yinda hal bo'ladi. 

Biz o'yinni yo'qotib qo'ydik. Jamoa chuqur himoyaga kirdi, bizni blok qilishdi va raqib bosh zarbasi orqali gol urdi. Biz hujum uyushtirishimiz kerak edi. 

Juda sekin harakat qildik. Bu orqali biz saboq chiqarishimiz lozim. Yaxshi jamoaga qarshi o'ynayapmiz. Durang - adolatli natija", - dedi Sulsher. 

O'xshash yangiliklar


Aziz TukhtamuradovMuallif
Manba: UEFA