Sulsher "Lester" bilan durangdan norozi
27 dek 2020 01:59
Yangiliklar


Sulsher "Lester" bilan durangdan norozi
Mutaxassisning fikricha, uning jamoasi g'alaba qozonishi kerak edi.
"Manchester Yunayted" bosh murabbiyi Ole-Gunnar Sulsher "Lester"ga qarshi APLning 15-tur uchrashuvi (2:2) haqida fikr bildirdi.
“Yutmaganimizdan xafaman, chunki ko'p imkoniyatlarga ega bo'lgandik. Biz o'yinni g'alaba bilan yakunlashimiz mumkin edi, ammo "Lester" – xavfli raqib, ularning saviyasini Vardi urgan gol isbotladi.
3 kundan so'ng bizda yana o'yin bor – tiklanishning qo'shimcha kunidan oqilona foydalanamiz", – deydi Sulsher BBC'ga.
"Manchester Yunayted" navbatdagi o'yinini 29 dekabr kuni o'z uyida "Vulverxempton"ga qarshi o'tkazadi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar