So’nggi yangiliklar

23:23Сергей Лушчан: "Мавсум аввалида бизда аниқ бир мақсад йўқ эди, ҳозир эса... Футболчимизда хориждан таклиф бор"  1 22:50Уильямсни сотиб олса ҳам "Барселона" Рэшфордни трансфер қилишга уриниб кўради  4 22:31Фарҳод Нишонов: "Бир нечта футболчиларимизда Суперлигадан клубларидан таклифлар бор"  0 22:13Асрор Алиқулов: "Чарчоқ ёки иссиқ ҳаво деган гаплар қуруқ баҳона. Ҳар бир учрашув ҳам ўхшайвермайди"  3 21:57Суперлига. "Қизилқум" сўнгги дақиқаларда гол уриб, "Нефтчи"ни ғалабадан маҳрум қилди  67 21:21ПроЛига. "Олимпик Мобиуз" "Олимпик" дарвозасига жавобсиз 4та гол урди ва пешқадамликни қўлига олди  1 20:55Суперлига. "Навбаҳор" ўз майдонида "Машъал"га жавобсиз 6 та тўп йўллади, Ғуломовда дубль, Жияновда 3 та ассист!  67 20:16Тер Штеген "Барселона"да қолмоқчи  0 19:58Бобир Абдихолиқов "Келажак бунёдкори" медали билан мукофотланди  7 19:35"Милан" "Торино" футболчисини сотиб олади  1 18:51Клопп клублар ўртасидаги ЖЧ форматини жиддий танқид қилди  6 18:32Хаби Алонсо "Ювентус"га қарши ўйин ҳақида: "Уларнинг "Манчестер Сити"га қарши ўйини ҳеч нимани англатмайди"  5 17:45"Милан" 3 футболчини сотиб олмади ва жамоасига қайтариб юборди  0 17:20"Штутгарт" футболчисини 100 млн еврога баҳоламоқда, "Бавария" эса 50 миллионга  0 16:51"Пахтакор" Қаршида сўнгги дақиқаларда иккита гол уриб, мағлубиятдан қутулиб қолган учрашувдан ГАЛЕРЕЯ  4

Sulsher: "Ikkinchi bo'limda uyg'ona oldik" Yangiliklar

Sulsher: "Ikkinchi bo'limda uyg'ona oldik"

"Manchester Yunayted" bosh murabbiyi Ole-Gunnar Sulsher APLning 25-turi doirasida "Nyukasl" ustidan qozonilgan g'alabadan keyingi fikrlari bilan o'rtoqlashdi.

"Ikkinchi bo'limda tempni ko'tara oldik, maydonning uchinchi qismidagi hujumlarda esa bosimni oshirdik. Evrokuboklar safar o'yinlaridan keyin barchaga og'ir bo'ladi. Ushbu mavsumda juda ko'p o'yinlarda qatnashyapmiz.

Tanaffusdan keyin esa uyg'ona oldik. Dastlabki bo'limda to'pga egalik qilgan bo'lsak-da, vaziyatlar yarata olmadik. Bugun to'p bilan aqlli o'ynash kerak edi. Ikkinchi bo'limda pozicion o'yinimiz yaxshilandi va gollar urib oldik.

Deniel Jeyms hech qaerga yo'qolib qolmagan. U doim mashg'ulotlarda yuqori tempda ishlaydi va o'yinlarga shay holatda bo'lib turadi. Tezligi va kuchini inobatga olsak, uni ko'plab poziciyalarda o'ynatib ko'rish mumkin. Den o'yinlarga tezda moslashib oladi, undan juda xursandman.

Ha, u bilan ham ishlaymiz, albatta. Barcha bilan ishlaymiz. Gap shundaki, u CHempionship jamoasidan "Manchester Yunayted"ga keldi va bu erda ko'plab chiroyli gollar urdi. Matbuotning sarlavhalari va boshqa ko'plab detallar undan energiyani olib qo'ya olmadi. Endi u o'zini qo'lga olib, oldingi holatiga qaytib olishi kerak.

Standartlardan keyingi xavf? Ha, boshida "Nyukasl" ko'plab vaziyatlar yarata oldi va ularning barchasi standartlardan keyin sodir bo'ldi. Har doimgidek qo'pol xatomizdan keyin gol o'tkazib yuborganimizdan xafa bo'ldim. Ikkinchi bo'limda esa bunga yaxshi reakciya bera oldik. Futbolda syurprizlar juda ko'p. Oldindan hech nima deb bo'lmay qoldi.

Sovrin uchun kurash? Biz boshqa jamoalarni nazorat qila olmaymiz va faqatgina o'zimizga etibor bera olamiz. Ushbu mavsum bizdan ko'p narsalarni talab qilmoqda va har bir daqiqa o'tgani sayin "Manchester Yunayted"ni qaytarishga harakat qilyapmiz. 

SHortayr? Unga qattiq ishonamiz. Tarkibimizda u hali juda ko'p o'yinlarda qatnashadi. SHola yaxshi mashg'ulot qilmoqda. Menimcha uning kelajagi porloq va klubning afsonaviy futbolchilaridan biriga aylana oladi.

Uni ertaroq maydonga tushirishimiz mumkin edi. Uchinchi gol urilib, yaxshi himoyalanayotganimizdan keyin bu qarorga keldik", - dedi Sulsher.

Reyting: +4   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика