Sulsher: "Futbolchilar "Manchester Yunayted" libosini kiyayotganidan faxrlanishi kerak"
31 dek 2020 22:28
Yangiliklar


Sulsher: "Futbolchilar "Manchester Yunayted" libosini kiyayotganidan faxrlanishi kerak"
"Manchester Yunayted" bosh murabbiyi Ole-Gunnar Sulsher futbolchilarni yanada masuliyatliroq bo'lishga chaqirdi.
"Jamoamizdagi har bir chiziqda raqobat juda yuqori. Jamoa bilan shartnoma imzolagandan keyin xomhayollarga berilish noo'rin. Ko'p ishlash va harakat qilish kerak.
Umid qilamanki, futbolchilar "Manchester Yunayted" libosining afzalliklarini tushunib turibdi. Tariximix sovrinlarga, quvonchli onlarga juda boy. Bu erga kelsangiz, maksimal ravishda barcha narsadan zavq olishga va klub logosi tushirilgan liboslarni kiyayotganingizdan faxrlanishingiz kerak", - dedi norvegiyalik mutaxassis.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar