Sulsher: "Evropaning eng kuchli jamoalaridan birini mag'lub etdik. Xo'sh, nima uchun finalga chiqishni maqsad qilmasligimiz kerak?"
28 okt 2020 23:15
Yangiliklar


Sulsher: "Evropaning eng kuchli jamoalaridan birini mag'lub etdik. Xo'sh, nima uchun finalga chiqishni maqsad qilmasligimiz kerak?"
"Manchester Yunayted" bosh murabbiyi Ole-Gunnar Sulsher jamoaning ECHLdagi maqsadi haqida gapirdi.
- O'tgan mavsumda ECHLda qatnashish uchun juda qattiq mehnat qildingiz. SHunga yarasha jamoaning o'yinlaridan zavq olyapsizmi?
- Ha, albatta, bu maksimum. Biz har bir uchrashuvda g'alaba qozonish uchun maydonga tushyapmiz. Tarkibimiz yaxshi va sifatli futbolchilardan tashkil topgan. SHu boisdan navbatdagi o'yinlarda g'alabani ko'zlasak bo'ladi.Biz Evropaning eng kuchli jamoalaridan birini safarda mag'lub etdik. Xo'sh, nima uchun ECHL finalini maqsad qilmasligimiz kerak?, - dedi Sulsher.
Bugun mankunianliklar ECHLning 2-turida "Leypcig"ga qarshi maydonga tushadi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar