Sulsher: "Brayton" bilan o'ynash oson emas"
05 apr 2021 15:59
Yangiliklar
![](https://championat.asia/upload/storage/629279_original.jpg)
![](/upload/storage/629279_220.jpg)
Sulsher: "Brayton" bilan o'ynash oson emas"
"Manchester Yunayted" bosh murabbiyi Ole-Gunnar Sulsher APL doirasida "Brayton"ga qarshi o'yin haqida to'xtaldi.
"Brayton" bilan o'ynash oson emas. Ha, doimo natijalarimiz yaxshi bo'lgan. Ammo doimo bunga qiyinchilik bilan erishganmiz. Mana bu safar ham ikkinchi bo'limdagina natijani yaxshilay oldik.
Gol urilgan vaziyatda Reshford ajoyib harakat qildi - juda bosiqlik va aniqlik bilan gol urib ketdi. Markus bu borada juda ko'p ishlaydi.
Grinvud jangovar o'ynadi. Bugun u eng yaxshi futbolchilardan biri bo'ldi. Tartibli harakat qildi va golga loyiq o'ynadi.
O'yinni yaxshi boshladik. Biroq "Brayton"ning goli o'yin ritmini buzib yubordi. SHu boisdan ritmni o'zgartirish uchun bizga tanaffus kerak edi. Biz raqibdan ko'ra ko'proq hududlarda harakat qildik", - dedi Sulsher.
O’xshash yangiliklar
![AMP Logo](https://championat.asia/image/logo-amp.png)
Fikrlar