Sulsher: "Ayni damda kuchli to'rtlik haqida o'ylamayapman"
13 dek 2019 19:29
Yangiliklar


Sulsher: "Ayni damda kuchli to'rtlik haqida o'ylamayapman"
"Manchester Yunayted" bosh murabbiyi Ole-Gunnar Sulsher jamoasining kuchli to'rtlik haqida gapirdi.
"Ayni damda kuchli to'rtlik borasida o'ylamayapman. Aprelgacha hali o'yinlar juda ko'p. O'z ustimizda ishlab, o'yinimizni shakllantirishimiz kerak SHu holatda natijalar o'zidan o'zi keladi. O'tgan hafta biz uchun ajoyib tarzda o'tdi, biroq endi bu tarix. Biz to'g'ri yo'ldan yurishda davom etamiz", - dedi Sulsher.
16 turdan keyin MYU APL turnir jadvalining 5-pog'onasida ketmoqda. ECHL yo'llanmasini taqdim qiladigan pog'onadan jamoa 5 ochko ortda.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar