Sulsher Avstriyada 19 yoshli Xolandning vakillari bilan uchrashdi
14 dek 2019 14:23
Yangiliklar


Sulsher Avstriyada 19 yoshli Xolandning vakillari bilan uchrashdi
Norvegiyalik murabbiy istedodli hujumchining transferi bo'yicha Zalcburgga tashrif buyurdi.
Sulsher juma kuni "RB Zalcburg" hujumchisi Erling Xolandning vakillari bilan uchrashish uchun Avstriyaga yo'l olgan.
"Manchester Yunayted" qishda Xolandga rasmiy taklif bilan chiqmoqchi. "Qizil iblislar" hujumchini yanvarda xarid qilmoqchi va uni yozgacha "Zalcburg"da ijarada qoldirmoqchi.
Qayd etish kerakki, Sulsher forvard bilan "Molde"da birga ishlashgan. Xolandning o'zi ham "Manchester Yunayted"ga o'tishni xohlamoqda.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar