Sulsher: "Agar Ronaldu "Yuve"ni tark etsa, shu erda ekanligimizni yaxshi biladi"
27 avg 2021 19:45
Yangiliklar


Sulsher: "Agar Ronaldu "Yuve"ni tark etsa, shu erda ekanligimizni yaxshi biladi"
"Manchester Yunayted" bosh murabbiyi Ole-Gunnar Sulsher Krishtianu Ronaldu kelajagi to'g'risida gapirdi.
"Biz har doim yaxshi munosabatda bo'lganmiz. Brunu Fernandesh u bilan gaplashdi, Ronaldu unga qanday munosabatda ekanimizni biladi. Agar u "Yuventus"dan ketmoqchi bo'lsa, bizning shu erda ekanligimizni biladi.
Agar mendan u haqida so'rasangiz, Krishtianu "Manchester Yunayted" afsonasi, barcha davrlarning eng yaxshi futbolchisi deb aytgan bo'lardim. Men u bilan birga o'ynash baxtiga muyassar bo'ldim. Murabbiylar safida shug'ullantirdim. Keling, yaxshisi voqealar qanday tus olishini ko'ramiz", — dedi Sulsher.
Eslatib o'tamiz, Krishtianu Ronaldu 2009 yilgacha MYU safida to'p surgan.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar