So’nggi yangiliklar

01:17Максим Шацких: “Трансфер ойнаси ёпилгунича 2-3 нафар янги ўйинчи оламиз”  0 00:55"Андижон" назорат ўйинида Тожикистон жамоасини мағлуб этди  1 00:41Футболга қайтиш муборак: "Байер" Эрик тен Хагнинг дебют ўйинида йирик ҳисобда мағлуб бўлди  4 00:21"Манчестер Сити" Траффорд билан шартнома имзолаши мумкин  2 23:59"Ақлдан озаётган" "Тоттенхэм" ўз тарихидаги энг қиммат трансферни амалга оширишга тайёрланмоқда  2 23:46Алишер Одилов "Навбаҳор"ни тарк этди  3 23:24Микель Артета: "Мадуэке - АПЛнинг энг яхши ҳужумчиларидан бири"  1 22:50Месси Ямалга қарши: Финалиссима қачон бўлади?  4 22:20Исак "Ал Ҳилол"га ўтиши мумкин  1 21:53"Милан" Спортьеллони собиқ жамоасига қайтариб юборди  0 21:33Гампер Кубоги учун ўйин қаерда бўлади?  4 21:14Расман: Нони Мадуэке - "Арсенал" футболчиси!  3 20:52"Насаф" назорат ўйинида "Машъал"дан устун келди  2 20:10"Милан" Модрич ёрдамида "Реал" аъзоси билан музокара ўтказмоқда  0 19:45Моуринью: "Португалияга қайтаман. Фаолиятим охирида эмас, чўққисида"  2

Suhrob Nurulloev: "Raqib va o'yin qaerda bo'lishidan qatiy nazar g'alaba uchun o'ynaymiz" Yangiliklar

Suhrob Nurulloev: "Raqib va o'yin qaerda bo'lishidan qatiy nazar g'alaba uchun o'ynaymiz"

Ro'ziqul Berdiev boshchiligidagi "Nasaf" jamoasi OFK kubogi Interzonal finalida o'z maydonida "Li Man"dan ustun keldi (3:2).

Ushbu uchrashuvdan so'ng "Nasaf" yarim himoyachisi Suhrob Nurulloevning fikrlari bilan qiziqdik.

- Dastlab o'yin haqida taassurotlaringiz bilan o'rtoqlashsangiz. "Nasaf" birinchi bo'limning o'zida uchrashuv masalasini hal qilishi mumkin edi...

- Uchrashuvning ilk daqiqalardan boshlab tashabbusni qo'limizga oldik. To'p nazorati ham biz tomonda edi, desam yanglishmagan bo'laman. Tezkor gol ruhiy jihatdan biz uchun yaxshi bo'ldi. Birinchi bo'limda gi ustunlikni hisobda aks ettirib, murabbiylarimizning ko'rsatmalarini bajarib yaxshi kayfiyatda tanaffusga yo'l oldik.

- Avvalgi bosqichdagi uchrashuvlarda jamoa tezkor goldan so'ng yana gol urishga, hujumkorlikni oshirishga etibor qaratgandi. Balki bu safar biroz salbiy tasir qildimi? SHunday jamoalar borki tez gol o'tkazib yuborsa ham o'z o'yinini yo'qotmaydi...
- Yo'q, unday o'ylamayman. Oldin tezkor goldan so'ng yuzaga kelgan imkoniyatlarimizni golga aylantira olgandik. Kecha esa buning aksi kuzatildi.

- "Nasaf" finalda boshqa darajadagi jamoa bilan boshqa maydonda to'qnash keladi...
- Bizning maqsadimiz bitta - chempionlik. Raqib va o'yin qaerda bo'lishidan qatiy nazar g'alaba uchun o'ynaymiz.



Reyting: +12   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика