Suhrob Nurulloev: "Biz bir jamoamiz"
07 apr 2018 13:29
Yangiliklar
Ushbu turda Bekobodning "Metallurg" jamoasi o'z uyida Jizzaxning "So'g'diyona" klubini qabul qildi va 2:0 hisobida g'alaba qozondi. Uchrashuvdan so'ng "Metallurg" futbolchisi Suhrob nurulloev o'z fikrlarini bildirib o'tdi.
"So'g'diyona" jamoasiga qarshi juda ham qiyin uchrashuvni o'tkazdik. Birinchi bo'limda raqiblarimiz yaxshi harakat qilishdi. Biz jamoaviy o'yin va murabbiylarimizning ko'rsatmalarini to'g'ri bajarganimiz evaziga jizzaxliklarni mag'lubiyatga uchratdik. Birinchi bo'limda o'yinimiz u qadar yaxshi chiqmadi, ikkinchi bo'limda o'yinimiz ochilib ketdi. Biz bir jamoa bo'lib harakat qildik. Keyingi turlarda bizni juda ham qiyin o'yinlar kutib turibdi. "Bunyodkor" va "Paxtakor" jamoalariga qarshi bahs olib boramiz. Biz faqat g'alaba qozonish uchun maydonga chiqamiz", - deydi Suhrob Nurulloev

Jahongir Sotvoldiev yozib oldi
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Breaking! Бозоров, Алибоев, Рўзиев ва Холмуродов терма жамоадан чақирув олди
Манба: Абдуқодир Ҳусанов — Осиёнинг 2025 йилдаги энг яхши ёш футболчиси!
АПЛ. Дуранглар оқшоми: байрамдан кейин жамоалар ғолиб бўлишни исташмади
Расман: "Челси" ва Энцо Мареска ўзаро келишув асосида ҳамкорликни тўхтатди
Fikrlar