So’nggi yangiliklar

18:01"Шўртан" учта трансферни амалга оширди  0 17:39"Ланс" "Челси" собиқ ҳимоячиси билан битим тузди. У Ҳусановга рақобатчи бўлади  1 17:15Тер Штеген – "Барса"да сардорлик учун асосий номзод  0 16:48"Хоразм" бир қатор футболчиларни сафига қўшиб олди  2 16:28"Манчестер Сити" янги мавсум учун захира либосини тақдим этди  1 15:59ФИФА Олимпиада ўйинларидаги воқеаларни текшириш учун эксперт тайинлади  0 15:34Тимур Кападзе: "Мисрнинг кучли томонлари ва имкониятларини яхши биламиз"  9 15:12Иброҳимҳалил ОТЖ лагерини тарк этди, унинг ўрнига бошқа ўйинчини қўшиш мумкинми? Кападзе жавоб берди  26 14:59"Манчестер Юнайтед" Уан-Биссакани Дюмфрисга алмаштирмоқчи  4 14:37Париж-2024. Ўзбекистон Мисрга қарши қандай либосда майдонга тушиши маълум  9 14:15АПЛ клублари "Лион" ҳимоячисига даъвогар  1 13:50Симонс "Лейпциг" ва "Бавария"дан бирини танлади  1 13:23"Арсенал" Евро-2024'да ёрқин ўйин кўрсатган ярим ҳимоячининг трансфери борасида музокаралар ўтказмоқда  1 12:57"Ньюкасл" ҳимоячиси Саудия Арабистони чемпионатига ўтиши мумкин  1 12:29Расман: "Комо" ироқлик иқтидор билан шартнома имзолади  1

Suhrob Berdiev: “Temurxo'ja Abduxoliqov yil futbolchisi, Ro'ziqul Berdiev yil murabbiyi bo'lsa kerak” Yangiliklar

Suhrob Berdiev: “Temurxo'ja Abduxoliqov yil futbolchisi, Ro'ziqul Berdiev yil murabbiyi bo'lsa kerak”

Oliy liga bahslari o'z nihoyasiga etganidan so'ng jamoalar qishki tatilga chiqib ketishdi.

Ayrim klublarimiz mavsumga tayyorgarlikni 15 dekabrdan boshlasa qolgan jamoalar 20 dekabrda mashg'ulotlarga kirishadi.

“Bu yilgi chempionat men uchun bir tekisda o'tmadi. Birinchi davrada “Paxtakor” jamoasida harakat qildim. “SHerlar” tarkibidan ketganimning ham o'ziga yarasha ayrim sabablari bor. “Paxtakor”ga kelganimda jamoa futbolchilari meni yaxshi kutib olishdi. “Paxtakor” klubida o'z o'yinimni topa olmadim, deb o'ylayman. Ularning o'yin uslubiga moslasha olmadim.

SHuning uchun ham ikkinchi davrada “Qo'qon-1912” jamoasiga ko'chib o'tdim. U erga meni No'mon Hasanov chaqirdi. CHunki ushbu murabbiy meni qanday kuchga ega ekanligimni bilar ekan. Ikkinchi davrada “Qo'qon-1912” klubiiga No'mon  Hasanov kelganidan so'ng jamoaning o'yini yaxshi tomonga o'zgara boshladi. Yangi futbolchilar jalb qilindi. Serbiyadan ikkita legioner futbolchi klubga taklif etildi.

Bu yilgi chempionatimiz ancha qiziqarli tarzda o'tdi. Yil futbolchisini alohida ajratib ko'rsatish qiyin. Menimcha yil futbolchisiga “Lokomotiv” klubidan Temurxo'ja Abduxoliqov, “Paxtakor”dan Jaloliddin Masharipov va “Buxoro” jamoasidan SHavkat Salomov yil futbolchisi nomiga sazovor, deb o'ylayman.

Murabbiylarga keladigan bo'lsak, “Nasaf”dan Ro'ziqul Berdiev, “Buxoro”dan Jamshid Saidov va “Qo'qon-1912” klubidan No'mon Hasanov yilning eng yaxshi murabbiylari, bo'lsa kerak", - deydi Suhrob Berdiev.

Jahongir Sotvoldiev

Reyting: +5   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика