So’nggi yangiliklar

19:05"Юве" "Челси"нинг 68 млн евролик таклифини рад этди – Йилдиз сотилмайди  1 18:36"Бавария" Гарначога қизиқмоқда, футболчи АПЛда қолишни истамоқда  1 18:07"Барселона" Япония бўйлаб тур тақвимини эълон қилди  2 17:39МЮ ҳимоячиси Саудия Арабистонига йўл олиши мумкин  0 17:16Рио Фердинанд Николас Жексонни Дрогбага қиёслайди  2 16:45Сонга Америкадан таклиф тушди  0 16:29Шамиль Яфаров 75 ёшда!  0 16:09"Ҳали трансфер ойнасидаги ишимизни тугатмадик. Ҳимоя чизиғини кучайтиришни режалаштирганмиз" — Вадим Абрамов  2 15:47"Истиқлол": Кожога омад тилаймиз  9 15:21"Насаф" асосий футболчиларидан бири билан шартномани узайтирди  5 15:00"Манчестер Сити" янги дарвозабон билан келишувга эришди — Here We Go!  2 14:43"Навбаҳор"дан трансфер тақиқи ечилди  8 14:18"Спортинг" Сегунда тўпурарини харид қилмоқда  0 13:50Instagram орқали мураббий излаётган Ҳиндистон Хавига рад жавобини берди  14 13:22Андреа Пирло Дубай жамоаси бош мураббийи этиб тайинланди  3

Suhrob Berdiev: "Maqsadim yakunda to'purarlar ro'yxatida bo'lish" Yangiliklar

Suhrob Berdiev: "Maqsadim yakunda to'purarlar ro'yxatida bo'lish"

“Qo'qon-1912” jamoasining hujumkor yarim himoyachisi, mavsum to'purarlaridan biri Suhrob Berdiev bizni qiziqtirgan savollarga javob berdi.
- Suhrob jamoani bu qadar muvafaqiyati odimlashiga nima sabab deb o'ylaysiz ?
- Avvalombor barcha muxlislarimizni qo'lga kiritilgan g'alaba bilan tabriklayman. Jamoamizni bu yilgi mavsumda yuqori o'rinlarda ketayotgani bu avvalo mavsumga tayyorgarlikni to'g'ri yo'lga qo'yilganligi bo'lsa ikkinchi tomoni jamoamizdagi ahillikda deb o'ylayman. Murabbiylarimiz bizni har bir o'yinga jismoniy va psixologik tomonlama to'g'ri tayyorlay olganlarini natijasi bizni yutuqlarimizning yana bir omili bo'lmoqda.Jamoada hamma bir oiladekmiz, qolaversa muxlislarimizning ajoyib qo'llab-quvvatlashlari ham  hozirgi kunda turnir jadvalida yuqori o'rinlarda turishimizga sabab bo'lmoqda.

- O'yinlarga tayyorgarlik jarayoni haqida ham gapirib bersangiz
- Murabbiylarimiz har bir o'yinga o'sha jamoaning o'yiniga qarab turli taktik sxemalarni bizga o'rgatib kelishmoqda. Bosh murabbiyimiz tezkor va hujumkor futbolni yaxshi ko'radilar va bizni ham shunga o'rgatmoqdalar. Natija esa ko'rib turganingizdek yomon emas.

- Jamoada o'zingizni o'rningiz , bu yilgi maqsadlaringiz haqida ham aytib o'tsangiz.
- Futbol bu jamaoviy o'yin. Hamma bir maqsad yo'lida birlashsagina bir maqsadga erishish mumkin bo'ladi. O'z oldimga qo'ygan maqsadim jamoamga maksimal darajada foydam tegishi uchun bor kuch-g'ayratimni ayamaymaslik. Murabbiy va muxlislarimizning oldida, har bir o'yinda  yorug' yuz bilan maydonni tark etsam  deyman.Har bir futbolchi gol urishni xoxlaydi. Men ham iloji boricha ko'proq gol kiritish va ko'proq golli uzatmalarni amalga oshirishni maqsad qilganman. Mavsum yakunida to'purarlar ro'yxatida bo'lish zng katta maqsadim.

"Qo'qon-1912" matbuot xizmati
Reyting: +10   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика