So’nggi yangiliklar

03:05ЕЧЛ. Салоҳсиз "Ливерпуль" меҳмонда "Интер"ни мағлубиятга учратди  16 03:05ЕЧЛ. Дастлаб гол ўтказиб юборган "Барселона" якунда "Айнтрахт"ни мағлубиятга учратди  44 03:00ЕЧЛ. "Челси" Бергамода камбэк қурбони бўлди, "Тоттенхэм" ва "Атлетико"да ғалаба ва бошқа натижалар  5 01:38Слотнинг ўрнини эгаллаши мумкин бўлган икки мураббийнинг номи маълум бўлди  2 00:45Гвардиола Алонсо ҳақида: "Реал" ва "Барса"га мураббийлик қилиш – энг қийини. Хаби бу вазиятдан чиқиб кетишга қодир"  1 00:45ЕЧЛ. "Бавария" ўз уйида "Спортинг"ни мағлубиятга учратди  2 23:33Салоҳ "Ливерпул"ни тарк этса, қайси клубларга бориши мумкинлиги маълум бўлди  3 23:12Суперкомпьютер "Арсенал"ни Чемпионлар лигасининг бош фаворити сифатида кўрсатди  10 22:31ЕЧЛ. "Қайрат" "Олимпиакос"га ютқазди  0 22:12Лукаку қайтди: олдинда Суперкубок ўйини бор  1 21:53Наҳотки?! "Арсенал" Жезусни қайдномага киритди  4 21:32Слот кетса ўрнига ким асосий даъвогар?  12 21:10Эрон. Остон Ўруновнинг ягона голи "Персеполис"га ғалаба келтирди  2 20:58"Ливерпуль" собиқ ҳимоячиси Ловрен Салоҳнинг ёнини олди  1 20:30"Манчестер Сити"нинг "Реал" билан ўйин учун 21 кишилик таркиби эълон қилинди  5

Suhrob Berdiev: "Borussiya Dortmund"ga o'xshatish? Men uchun "Andijon" muxlislari yagona" Yangiliklar

Suhrob Berdiev: "Borussiya Dortmund"ga o'xshatish? Men uchun "Andijon" muxlislari yagona"

"Andijon" jamoasi Superliganing 19-turida kichik sensaciya qayd etgani bilan futbol ommasining etiborini yana o'ziga jalb qildi.

"Burgutlar" endilikda "Metallurg" mehmoni bo'lishadi. Mazkur uchrashuv oldidan vodiy derbisining bosh qahramoni, "Andijon"ga g'alaba keltirgan gol muallifi Suhrob Berdievning fikrlarini tingladik. 


- "Andijon"ning so'nggi daqiqalarda hujumga o'tishi tavakkal qilingan harakatlar mahsulimi yoki aniq o'ylangan reja edimi?

- Avvalambor barcha muxlislarimizni g'alaba bilan tabriklayman. Bu bilan to'xtab qolish niyatida emasmiz. CHunki oldimizda muhim uchrashuv kutmoqda. "Navbahor" bilan uchrashuvga to'xtalsam, o'yin tempi yuqori edi. CHunki vodiy derbisi doim shunday shiddatli o'tgan. O'yin so'ngida bor tempni yanada oshirib yakunda g'alabani o'z tomonimizga og'dira oldik. CHunki to'p bizda edi, vaziyatlar ham ko'proq yaratdik. Qolaversa, muxlislar ham qo'llab-quvvatlab bizni yanada oldinga borishimizga sababchi bo'la olishdi. Oldinga o'tishimiz tavakkal emasdi. Muhimi Andijon xalqi oldida yuzimiz yorug' bo'ldi. 

- Umuman o'yindan keyin xulosalar qanday bo'ldi?

- Nafaqat "Navbahor" balki boshqa vodiy jamoalariga qarshi derbilar ham qiziqarligi bilan yodda qolgan. Xulosalar ijobiy. Ayniqsa goldan keyin. Akrobatikmi yoki boshqacha bunisi ahamiyatsiz. Eng muhimi barcha xursand. Jamoa esa uch ochko oldi. Agarda chiroyli gol ursangiz-u, buni jamoaga foydasi bo'lmasa u o'z ahamiyatini yo'qotadi. 

- "Andijon" Superliganing etakchilaridan ochko olishni maromiga etkazmoqda. Aytingchi, jamoa joriy mavsumda o'z darajasidan baland harakat qilyaptimi?

- To'g'ri ko'p jamoalarga bosh og'riq bo'la olyapmiz. Biz har bir o'yinga maksimal darajada tayyorgarlik ko'ramiz. O'z o'ylagan rejalarimizni amalga oshirishga harakat qilamiz. Tarixda natija qoladi. Biz bu natijalar uchun yil boshidan buyon mehnat qilib kelyapmiz. Bundan keyin o'z darajamizdan ham kuchliroq o'yin ko'rsatishimiz va kerakli natijalarga erishishimiz lozim. 


- Nazariy jihatdan olib qaralganda "Andijon"da mavsumni sovrindorlar qatorida yakunlash imkoniyati saqlanib qolingan. Jamoaning ayni paytdagi egallab turgan o'rni qoniqarlimi?

- Xudo xohlasa, imkoniyatlarimizdan foydalanib mavsumni yuqoriroq o'rinda yakunlashga borimizni beramiz. 

- "Andijon" stadionidagi muhitni ko'rganingizda Evropadagi qaysi jamoa uchrashuvlarini eslatadi?

- Muxlislarga katta rahmat aytaman. Ko'pchilik "Borussiya Dortmund"ga qiyoslaydi, lekin men uchun "Andijon" muxlislari yagona.


- Andijonga kelish navbati OKMK va "Paxtakor"ga. "Andijon" yana kutilmagan natijalar qayd etishga tayyormi?

- OKMK va "Paxtakor"ga qarshi uchrashuvlar haqida gapirishdan oldin "Metallurg"ni yutib olishni o'ylashimiz kerak. Murabbiylarning bu borada o'z rejasi bor. 


Reyting: +10   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика