Suares: "Messi bilan deyarli har kuni gaplashaman"
23 mar 2021 16:51
Yangiliklar
![](https://championat.asia/upload/storage/626854_original.jpg)
![](/upload/storage/626854_220.jpg)
Suares: "Messi bilan deyarli har kuni gaplashaman"
"Atletiko" forvardi Luis Suares "Barselona"dagi sobiq jamoadoshi Lionel Messi haqida gapirdi.
"Men "Barselona"ning o'yinlarini ko'ryapman, sababi men ushbu klubga qoyil qolaman, men uning ranglarini himoya qilganman. "Barselona"dan minnatdorman. Messi bilan deyarli har kuni gaplashaman. "Barselona"da meni sevishlarini bilaman", - deydi Suares.
34 yoshli urugvaylik futbolchi 2014-2020 yillardagi faoliyatdan so'ng "Atletiko"ga o'tdi. Uning Madrid klubi bilan tuzgan shartnomasi 2022 yilning yoziga qadar mo'ljallangan.
"Atletiko" ayni damda La Ligada 28 turdan so'ng 66 ochko jamg'argan holda 1-o'rinda bormoqda. "Barselona" esa 4 ochko kam to'plab 2-o'rinda.
O’xshash yangiliklar
![AMP Logo](https://championat.asia/image/logo-amp.png)
Fikrlar