So’nggi yangiliklar

20:08Про лига. "Арал" тур марказий ўйинида "Локомотив"дан устун келди  2 19:42"2+1" қайд этган ҳужумчи, тур голини урган ёш хавбек, жамоасини муқаррар голлардан қутқарган дарвозабон — Суперлигада 13-турнинг энг яхшилари  0 19:40Ўзбекистон Кубоги. "Нефтчи" – "Машъал", "Сўғдиёна" – "Қизилқум" (онлайн ҳисоб)  5 19:2538 ёшга тўлган Лионель Месси ҳақида 38 та қизиқарли маълумот  2 19:07Норчаев, Холматов, Абдухолиқов ва бошқалар ... Суперлига 13-тур рамзий терма жамоаси  0 19:04Абрамов мантиқан ҳеч нарса йўқотмади, Зейтуллаев учун керакли ғалаба эди — Абдулазиз Искандаров таҳлили  2 18:39"Футбол олами". "Динамо"да мавсумдаги илк мағлубият, "Навбаҳор" - ОКМК 3:0 — 13-тур ҳақида батафсил   0 18:10Носир Абдусаломов: "Қўқонда 120 дақиқа осон бўлмаганди, "Динамо" билан ўйинга ўзига ҳос куч топа олдик"  2 18:00Лукаку: "Роналду каби 40 ёшгача ўйнашни хоҳлардим"  2 17:10Бэйл "Кардифф"ни сотиб олиб, уни АПЛга олиб чиқмоқчи  2 16:43Энрике Клублар ўртасидаги ЖЧ стадионларидаги майдонлар ҳолатидан нолиди  9 16:18ЎФА раҳбарияти Майамидаги ФИФА Ижроия футбол саммитида қатнашди  3 15:56Маскерано: "Интер Майами" дунёнинг энг яхши 16 жамоаси қаторига кирди"  18 15:34"Насаф" ОЧЛ Элитда кимлар билан ўйнайди?  9 15:14МЮ Мбеумо учун курашда пешқадам ва у учун катта пул ажратишга тайёр  1

Suares, Kavaniga qarshi o'yin, eng yaxshi ko'rgan bayrami, futbolchisi, jamoasi haqida - Jasur Yaxshiboevdan intervyu Yangiliklar

Suares, Kavaniga qarshi o'yin, eng yaxshi ko'rgan bayrami, futbolchisi, jamoasi haqida - Jasur Yaxshiboevdan intervyu

"Pressball" nashri Belarus chempionatining eng yaxshi "snayperi" bilan blic savol-javob o'tkazdi.

O'zi borgan eng yaxshi joy haqida

Doha - Qatar poytaxti. SHu jumladan Dubay ham. Balki u er dunyodagi eng yaxshi joydir. O'ta zamonaviy, osmono'par va chiroyli binolar juda ko'p. "Paxtakor" bilan Osiyo chempionlar ligasi doirasida, undan tashqari, Olimpiya terma jamoasi bilan o'rtoqlik o'yinini o'tkazish uchun u joylarga borganman. Ammo  men uchun eng zo'r joy baribir Toshkent bo'lib qoladi.

Eng yaxshi ko'rgan filmi

Kinosevar emasman. Uyda bo'sh vaqt bo'lganida futbol ko'raman. Umuman olganda fantastik kinolar ko'rib turaman. Masalan, Marvelni. Tom Kruz va Jonni Depp sevimli aktyorlarim.

Eng yaxshi ko'rgan ovqati. Bu erda katta ehtimol bilan osh nomi aytilsa kerak

Albatta. Osh va qo'y go'shtidan qilinadigan ovqatga bizning O'zbekistonda mayiz ham qo'shiladi. Eng ustiga qazi solinadi. Bu ovqatni esa pomidor va bodringdan qilingan salatsiz tanovul qilish qiyin. O'zbekistonda har payshanba osh qilish ananasi bor. Belarusda esa kartoshkadan shunday ovqat qilishadi.

Eng yaxshi ko'rgan qo'shig'i

O'zbek qo'shiqlarini eshitaman. SHoxruxxon, Munisa Rizaeva. Ular sevgi haqida kuylashadi. Arabcha qo'shiqlar ham eshitib turaman. "Energetik" kiyim almashtirish xonasida Ayk Musaxanyan francuzcha rep qo'shiqlarni qo'yib qo'yadi. Tushunmayman, lekin eshitaveraman.

Eng yaxshi ko'rgan bayrami haqida

Tug'ilgan kunim ham yangi yil ham emas. Yaqindagina o'tib ketgan Ramazon oyi. Qurbon Hayit ham. Bular musulmonlarning eng chiroyli bayramlaridir. Bahorning eng yaxshi bayrami Navro'zni ham qo'shib ketaman.

Eng yaxshi ko'rgan raqami

24. CHunki 24 iyunda tavallud topganman. SHuningdek, 7. Libosimga shu raqamni tanlaganman. 7, 9 va 10-raqamlar juda yoqadi. O'zbekistonda 9 va 22-raqamli liboslarda o'ynaganman.

Ertalab yoki kechki payt?

Kechki payt. Uxlashni yoqtiraman. Ertalabki 8.30da mashg'ulot qilish juda qiyin. Yarim yildan beri shu erdaman, shu sababli bunga o'rganib ham qoldim. O'zbekistonda esa mashg'ulotlar doimo kechki payt bo'ladi. CHunki kunduzi issiq odamni yondirib yuboraman deb turadi.

Uyda bo'lish yoki ko'chani sayr qilish?

50ga 50. Bu mashg'ulotdan charchashga bog'liq.

Yilda eng yaxshi ko'radigan payt

Yoz. CHunki juda issiq bo'ladi. CHo'milib, quyoshda qoraysa bo'ladi. Ko'chada futbolka, shortikda yuramiz. O'zbekistonda yozda havo harorati 50 gradusdan ham oshib ketadi.

Sevimli jamoa

"Barselona". Gvardiola davrida ushbu jamoaga etiborim oshgan. U "Barselona"ni o'zgacha uslubga olib o'tgan. Menimcha Messi ham aynan Gvardiola davrida shunday yulduz darajasiga etishgan.

Sevimli futbolchisi

Messi faqatgina mening eng yaxshi ko'rgan futbolchim emas. SHuningdek, "Manchester Siti" futbolchisi Riyad Maxrez ham "Borussiya" vingeri Jeydon Sanchoning ham o'yinlari yoqadi.

Sevimli sportchisi

Muhammad Ali. U odam sifatida ham barchaga namuna. U musulmon va aynan uning gaplaridan keyin ko'plab insonlar shu dinga o'tishmoqda.

O'zbekistondan tashqari sevimli terma jamoa

Ispaniya. So'nggi vaqtlarda terma oldingidek o'ynay olmayapti. Inesta va Xavi davrida menga shu terma yoqib qolgan. O'shanda Ispaniya ham Evropa ham jahon chempionligini qo'lga kiritgan. Bungacha Germaniya termasi yoqardi. Ularda uslub boshqacha. Tartib, sxema, maydondagi jarayon ham.

Hayratda qoldirgan stadion

Qatardagi "Al Sadd" stadioni. Ushbu mamlakatda havo harorati doimo issiq bo'lishini barcha yaxshi biladi. SHu sababli stadionning ichiga va har bir parametriga kondicionerlar o'rnatilgan. Maydonga chiqishingiz bilan sovuq havoni his qilasiz. Agarda futbolkaning o'zida yugurmay tursangiz, albatta sovqotib qolasiz! Sig'im esa unchalik katta emas - 15 ming muxlisga mo'ljallangan. Qatardagi ko'pchilik insonga futbol qiziq emas. Belarusda esa Minskdagi "Dinamo" va "Borisov-Arena" chiroyli.

O'zingiz qatnashgan eng yaxshi o'yin

2018 yili Marokash va Urugvay termasiga qarshi o'rtoqlik o'yini. Qanday futbolchilar bo'lgan-a! Urugvayga qarshi o'yinda Suares, Kavani va Godin Marokashda esa Hakimi, Bufal, Ziyech kabi super yulduzlar bo'lgandi. Senegalga qarshi o'yinda esa Mane zaxirada qoldirilgandi.

Sevimli ibora

Hech qachon taslim bo'lmang. Qiyin onlar hammada bo'ladi. Buni engib o'tib, oldinga intilish kerak. Har kun, har daqiqada nimalarga qodir ekanligingni isbotlab borish kerak. Nimani istasang, shunga erishishing shart.

Reyting: +25   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика