Suares jarohat oldi va Amerika Kubogini o'tkazib yuborishi mumkin
23 may 2016 10:36
Yangiliklar


Suares jarohat oldi va Amerika Kubogini o'tkazib yuborishi mumkin
"Barselona" va Urugvay terma jamoasi hujumchisi Luis Suares "Sevilya"ga qarshi Ispaniya Kubogi final bahsida (2:0) jarohat oldi va endi Amerika Kubogini o'tkazib yuborishi mumkin.
57-daqiqada urugvaylik forvard maydonni katta qiyinchilik bilan tark etdi. U zaxira o'rindig'ida shikastlanish og'irligidan ko'z yoshlarini tiya olmadi. Tibbiy tekshiruvdan so'ng Suaresning safga qaytish muddati elon qilinadi. Amerika Kubogi 4 iyun kuni start oladi.
"Afsuski, Suares jarohat oldi. Barselonadagi tibbiy tekshiruvdan so'ng shikastlanish darajasini bilib olamiz" - deydi Luis Enrike.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar