Suares: "Golsiz seriya? Asosiysi jamoaga yordam bera olish"
30 apr 2017 12:52
Yangiliklar
![](https://championat.asia/upload/storage/248073_original.jpg)
![](/upload/storage/248073_220.jpg)
Suares: "Golsiz seriya? Asosiysi jamoaga yordam bera olish"
"Barselona" futbolchisi Luis Suares "Espanol"ga qarshi o'yindan so'ng o'z fikrlari bilan o'rtoqlashdi.
"Ikkita gol kiritganimdan albatta xursandman. Lekin, shuni aytishim lozimki, men so'nggi o'yinlardagi golsiz seriyadan tushkunlikka tushganim yo'q. Bu futbol. Asosiysi, jamoaga yordam berish. Kim gol kiritishini farqi yo'q.
Hisob yirik bo'lganiga qaramay, o'yin oson kechgani yo'q. Birinchi bo'limda "Espanol" juda yaxshi himoyalandi. Lekin, biz o'z vaqtimizni kutdik.
Hisobni ochganimizdan so'ng yanada ishonch qo'shildi va o'yinni nazorat qildik", - deydi urugvaylik futbolchi.
O’xshash yangiliklar
13:37
La Liga eng ko'p maosh oluvchi futbolchilar TOP-10 - ro'yxatda "Atletiko"dan bitta futbolchi bor 1
![AMP Logo](https://championat.asia/image/logo-amp.png)
Fikrlar