Suares bir yil o'tib Urugvay terma jamoasidan chaqiruv oldi
14 noy 2023 00:45
Yangiliklar
Suares bir yil o'tib Urugvay terma jamoasidan chaqiruv oldi
Luis Suares Urugvay terma jamoasiga qaytmoqda.
"Gremio" hujumchisi Marselo Belsa tomonidan Argentina (17 nobyar) va Boliviyaga (21 noyabr) qarshi o'tkaziladgan JCH-2026 saralash bahslari uchun milliy jamoaga chaqirildi.
Suares so'nggi bor JCH-2022da terma jamoadan chaqiruv olgandi. U JCH saralashlarida Janubiy Amerikaning eng yaxshi ikkinchi to'purari hisoblanadi (29ta gol). Faqat Lionel Messi undan ko'proq (31ta) gol urgan.
36 yoshli Suares joriy mavsum "Gremio" safida 29ta bahsda maydonga tushib, 14ta gol urdi va 10ta golli pas berdi.
Fikrlar