Sterling "Manchester Siti"dan maoshini oshirishni so'ramoqda
14 sen 2018 17:30
Yangiliklar
![](https://championat.asia/upload/storage/453299_original.jpg)
![](/upload/storage/453299_220.jpg)
Sterling "Manchester Siti"dan maoshini oshirishni so'ramoqda
"Manchester Siti" yarim himoyachisi Raxim Sterling klub bilan shartnomasini uzaytirishi mumkin.
Malumotlarga ko'ra, futbolchi va klub yaqin kunlar ichida yangi bitim bo'yicha muzokara o'tkazishadi.
Sterling "Siti"dan maoshini 100 ming funtga ko'tarishni so'rayapti. Ayni damda angliyalik futbolchi haftasiga 175 ming funt ishlab topadi. Agar Raximning iltimosi qondirilsa, u APLning eng ko'p maosh oluvchi futbolchilaridan biriga aylanadi.
Hozirgi kunda "Manchester Siti"da eng ko'p maosh oladigan futbolchi - Kevin De Bryuyne. U klubdan haftasiga 250 ming funt oladi.
O’xshash yangiliklar
![AMP Logo](https://championat.asia/image/logo-amp.png)
Fikrlar