Sterling: "Manchester Siti" nuqtani qo'ydi va bu ajoyib bo'ldi"
03 iyu 2020 11:11
Yangiliklar
![](https://championat.asia/upload/storage/578536_original.jpg)
![](/upload/storage/578536_220.jpg)
Sterling: "Manchester Siti" nuqtani qo'ydi va bu ajoyib bo'ldi"
"Manchester Siti" vingeri Rahim Sterling Angliya chempionati 32-tur doirasidagi "Liverpul" (4:0)ga qarshi o'yindan so'ng o'z fikrlarini bildirdi.
"Raqib butun mavsum davomida ajoyib o'ynadi, shu sabab biz ushbu o'yinda o'zimizning eng yaxshi futbolimizni namoyish etishni xohladik.
Bu bizning jamoamiz uchun mamlakatning amaldagi g'olibiga qarshi chaqiriq edi.
Biz nuqtani qo'ya oldik va bu ajoyib bo'ldi. Kelasi mavsum bugundan boshlanadi", - deydi Sterling.
Eslatib o'tamiz, "Liverpul" APLning joriy mavsumdagi chempioniga aylandi. Bundan oldingi ikki chempionlik esa "Siti"ga tegishli.
O’xshash yangiliklar
![AMP Logo](https://championat.asia/image/logo-amp.png)
Fikrlar