Sterling London klubiga o'tishi mumkin
12 iyu 2022 15:18
Yangiliklar


Sterling London klubiga o'tishi mumkin
"Manchester Siti" forvardi Rahim Sterling faoliyatini Londonning "CHelsi" klubida davom ettirishi mumkin.
Futbolchi jamoadagi holatidan norozi, sababi Qatardagi JCH-2022 oldidan muntazam o'yin amaliyotiga ega bo'lishni xohlamoqda. Klubga Xulian Alvares va Erling Xolandning kelishi uning holatini qiyinlashtiradi.
"SHaharliklar" o'yinchini 60 mln evroga qo'yib yuborishga tayyorlar, Sterlingning o'zi shaxsan London klubi bosh murabbiyi Tomas Tuxeldan asosiy tarkib uchun joy kafolatlansagina "CHelsi"ga o'tishga rozi.
Sterling o'tgan mavsum "Manchester Siti" tarkibida barcha musobaqalarda 47ta o'yinda maydonga tushib, 17ta gol va 9ta assist qayd etdi. Hujumchining klub bilan shartnomasi 2023 yilning 30 iyuniga qadar mo'ljallangan.
O’xshash yangiliklar
04:01
Pep Gvardiola "Tottenxem"ga qarshi o'yindan keyin Husanov haqida juda iliq fikrlar bildirdi 26

Fikrlar