Sterling "Barselona"ni qiziqishiga qaramasdan "Liverpul"da qoladi
13 okt 2014 14:45
Yangiliklar


Sterling "Barselona"ni qiziqishiga qaramasdan "Liverpul"da qoladi
"Liverpul" va Angliya terma jamoasi yarim himoyachisi Raxim Sterling "Barselona" bosh murabbiyi Luis Enrikening qiziqishiga qaramasdan "qizillar" bilan yangi shartnoma imzolashga yaqin.
Xabarlarga ko'ra, Sterling va "Liverpul" yangi shartnoma shartlarini kelishib olishgan. Kelishuv shartlari haqida yaqin vaqt ichida malum qilinadi.
Hozirgi shartnoma bo'yicha Angliya terma jamoasi futbolchisi "Liverpul"da haftasiga 43 ming funt oladi. Yangi kelishuvga ko'ra, Sterling haftasiga 125 ming funt olishi kerak.

Fikrlar