Sterling: "Angliya terma jamoasida Rashford bilan uzoq yillar birga o'ynayman deb umid qilaman"
30 may 2016 11:10
Yangiliklar
Sterling: "Angliya terma jamoasida Rashford bilan uzoq yillar birga o'ynayman deb umid qilaman"
"Manchester Siti" va Angliya terma jamoasi yarim himoyachisi Rahim Sterling hujumchi Markus Rashfordning "sherlar" tarkibidagi debyutiga baho berdi.
18 yoshli futbolchi Avstraliyaga qarshi bahsning 3-daqiqasida hisobni ochishga muvaffaq bo'ldi.
"Rashford - terma jamoada ajoyib debyut o'tkazgan hujumlar yakunlovchisi. U bilan jamoada uzoq yillar birga o'ynayman deb umid qilaman.
Bir-birimizni tushunishimiz ideal bo'lmasada, buni uddalash uchun etarli vaqtga egamiz" - deydi Sterling.
Fikrlar