SHtefan Tarkovich - Qirg'iz Respublikasi termasi bosh murabbiyi
24 apr 2023 15:00
Yangiliklar
SHtefan Tarkovich - Qirg'iz Respublikasi termasi bosh murabbiyi
Slovakiyalik mutaxassis bugundan yangi lavozimda ishga kirishdi.
Preshov shahrida tavallud topgan SHtefan Tarkovich 18 fevralda 50 yoshni qarshi olgan.
Yaqinda rossiyalik Aleksandr Krestinin Qirg'iziston milliy terma jamoasi bosh murabbiyi lavozimini tark etgandi.
Bugun uning o'rniga yangi bosh murabbiy tayinlandi. Qirg'iziston terma jamoasini Osiyo kubogiga aynan SHtefan Tarkovich tayyorlaydi.
Murabbiyning oxirgi ish joyi Slovakiya terma jamoasi edi (22 o'yin - 8 g'alaba, 7 durang va 7 mag'lubiyat). U mamlakat jamoasi bosh murabbiyi sifatida 2020 - 2022 yillar oralig'ida ishlagan.
Faoliyati davomida Tarkovich "Koshice", "Tatran" va "Jilina" klublarida ham faoliyat olib borgan.
Fikrlar