Statistika 20 yoshli Mbappe 20 yoshli Messidan kuchli deyapti
22 dek 2018 13:44
Yangiliklar
Statistika 20 yoshli Mbappe 20 yoshli Messidan kuchli deyapti
U endigina 20ga to'ldi, shunga qaramay butun dunyoni o'ziga qarata oldi. CHindan ham PSJ klubi hujumchisi nihoyatda kuchli o'yinchi. Unda tezlik ham, kuchli zarba ham, aniqlik ham bor. Jismoniy holati ham ajoyib darajada.
Xorijlik hamkasblarimiz 20 yoshli Kilian Mbappening statiskasi bilan Lionel Messining 20 yoshgacha ko'rsatkichlarini o'zaro taqqoslab ko'rishdi.
Messining 20 yoshgacha statistikasi
1. Klubdagi ko'rsatkichi:
2004/2005 - 9 o'yin, 1 gol, 0 golli uzatma
2005/2006 - 25 o'yin, 8 gol, 4 golli uzatma
2006/2007 - 36 o'yin, 17 gol, 3 golli uzatma
Jami: 70 o'yin, 26 gol, 7ta golli uzatma
Jami o'ynagan daqiqasi: 4415
O'rtacha daqiqa: 63,07
O'rtacha gol: 0,371
O'rtacha golli uzatma: 0,1
2. Terma jamoadagi ko'rsatkichi: 14 o'yin, 6 gol
O'rtacha gol: 0,4285.
Mbappening 20 yoshgacha statistikasi:
1. Klubdagi ko'rsatkichi:
2015/2016 - 14 o'yin, 1 gol, 2ta golli uzatma
2016/2017 - 44 o'yin, 26 gol, 14ta golli uzatma
2017/2018 - 46 o'yin, 21 gol, 15ta golli uzatma
2018/2019 - 18 o'yin, 15 gol, 10ta golli uzatma
Jami: 122 o'yin, 63 gol, 41ta golli uzatma
Jami o'ynagan daqiqasi: 8071
O'rtacha daqiqa: 66,155
O'rtacha gol: 0,5163
O'rtacha golli uzatma: 0.3360
2. Terma jamoadagi ko'rsatkichi: 28 o'yin, 10 gol.
O'rtacha gol: 0,357
Statistikaga qaraydigan bo'lsak, Mbappe ko'p jihatdan Messidan ustun ko'rinmoqda. Francuz yigiti 20 yoshga to'lguniga qadar ko'p o'ynagan, ko'p gol urgan va ko'p golli uzatmani amalga oshirgan. Messi esa bu borada biroz orqada qolgan.
Siz nima deb o'ylaysiz, 20 yoshli Mbappe chindan ham 20 yoshli Messidan kuchlimi?
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Breaking! Бозоров, Алибоев, Рўзиев ва Холмуродов терма жамоадан чақирув олди
Манба: Абдуқодир Ҳусанов — Осиёнинг 2025 йилдаги энг яхши ёш футболчиси!
АПЛ. Дуранглар оқшоми: байрамдан кейин жамоалар ғолиб бўлишни исташмади
Расман: "Челси" ва Энцо Мареска ўзаро келишув асосида ҳамкорликни тўхтатди
Fikrlar