Starrij mavsumning qolgan qismida boshqa maydonga tusha olmasligi mumkin
27 apr 2015 15:45
Yangiliklar


Starrij mavsumning qolgan qismida boshqa maydonga tusha olmasligi mumkin
"Liverpul" hujumchisi Deniel Starrij bu mavsumning qolgan qismida maydonga tusha olmasligi mumkin.
Bu haqda qizillar bosh murabbiyi Brendan Rojers malum qildi.
"Bu yil Deniel uchun juda qiyin bo'ldi. U juda zo'r yigit va doimo jamoaga yordam berishni istaydi, ammo joriy mavsum uni jarohatlar taqib qildi. Biz uni har kuni tibbiy ko'rikdan o'tkazyapmiz.
Deniel Starrij sog' bo'lganida, u ajoyib o'yin ko'rsatar edi. Uni yana safga qaytishi uchun bor kuchimizni ishga solyapmiz, lekin Starrij bu mavsumda maydonga qaytadimi yoki keyingisidami, ko'ramiz" - deydi Rojers.

Fikrlar