Starrij: Balotelli bilan yaxshi bir tandem xosil qilish qo'limizdan keladi
19 fev 2015 00:52
Yangiliklar


Starrij: Balotelli bilan yaxshi bir tandem xosil qilish qo'limizdan keladi
Liverpul hujumchisi Daniel Starrij jamoadoshi Mario Balotelli bilan raqib himoyachilari uchun katta bosh og'riq bo'lishlari mumkinligi haqida aytib o'tdi.
Menga nafaqat Balotelli bilan, balki boshqa bir hujumchi bilan ham tandemda o'ynash qulaylik tug'diradi. Mario Balotell bilan esa bu yanada oson kechadi va o'yinimizdan zavq olaman. Mario juda zo'r yigit. Biz u bilan do'stlashib olganmiz. Ikkalamiz yaxshi bir tandem xosil qilamiz deb o'ylayman. Meni barcha jamoadoshlarim bilan aloqam yaxshi. Menga kim bilan o'ynashning farqi yo'q. Barcha bilan birdek til topishib ketaman. Asosiysi - bu jamoa yutug'i.

Fikrlar