Starrij Turkiyada. U tez orada yangi klubi bilan shartnoma imzolaydi
20 avg 2019 12:40
Yangiliklar


Starrij Turkiyada. U tez orada yangi klubi bilan shartnoma imzolaydi
Futbolchi "Trabzonspor" bilan shartnoma imzolashga yaqin.
"CHelsi" va "Liverpul" sobiq forvardi Deniel Starrij "Trabzonspor" bilan shartnoma imzolash maqsadida Turkiyaga uchib ketdi.
29 yoshli Starrij yozda klubsiz qolgan edi. CHunki, "Liverpul" o'yinchi bilan shartnomani uzaytirishni xohlamadi.
Deniel ingliz klubi safida 160ta o'yinda maydonga tushib, 67ta gol urishga erishgan. U shuningdek mersisaydliklar bilan CHL sovrinini ham qo'lga kiritdi.
Oldinroq, Starrijni "Monako" o'z safiga chorlagan, ammo "Monako" bosh murabbiyi Leonardu Jardim Starrijga qiziqish bildirmagan edi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar