Starrij APLga qaytishi mumkin
11 avg 2020 18:08
Yangiliklar


Starrij APLga qaytishi mumkin
"Liverpul" va "CHelsi" sobiq o'yinchisi Deniel Starrij APLga qaytishga tayyorligini bildirdi.
Forvard unga butun dunyodan takliflar bo'layotganini, ammo bosh maqsad Premer-liga ekanligini aytdi.
Starrijning so'nggi klubi "Trabzonspor" bo'lgan edi, u martda to'rt oylik diskvalifikaciya tufayli klubdan ketgandi. Futbolchi shu vaqt davomida Los-Anjelesdagi bazada shug'ullandi.
Tez orada u yangi klub bilan shartnoma imzolamoqchi. Hali unga APL klublaridan kimdir qiziqayotgani borasida xabarlar yo'q.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar