So’nggi yangiliklar

11:18"Марказий" стадион "ёнган" "Навбаҳор" - "Бунёдкор" учрашувдан ГАЛEРEЯ  1 10:55Пул ёки карьера. "Барселона" юлдузи иккисидан бирини танлаши лозим  1 10:29FourFourTwo. Роналду АПЛнинг энг яхши иккинчи рақамли вингери деб топилди. Биринчи ўринда эса...  4 09:59Осимхеннинг янги жамоаси маълум (Фабрицио Романо)  7 09:28Ёзда бир нечта топ клубларга рад жавоб берган мураббий "Ал Насср" билан келишувга эришди  1 09:00Қойил! АПЛнинг ўртамиёна клуби 47 миллион еврога футболчи сотиб олди  4 08:31U-16 Халқаро ўртоқлик турнири. Ўсмирларимиз бугун мезбонларга қарши баҳс олиб боради  1 08:03Про лига. Бугун 17-тур бошланади  1 07:35Суперлига. Бугун иккита қизиқарли учрашув бор  11 07:15А Серия. "Ювентус" ва "Аталанта" йирик ҳисобда ғалаба қозонишди, 1-тур ўйинлари битта саҳифада (+мусобақа жадвали)  7 06:55АПЛ. 37 ёшли "Лестер" афсонаси Жейми Варди жамоасини мағлубиятдан қутқариб қолди   2 02:33ЛаЛига. "Атлетико" жанговар дурангга рози бўлди  2 02:30АПЛ. "Тоттенхэм" Чемпионшип ғолибини мағлуб қила олмади  6 01:58А Серия. "Ювентус" мавсумни йирик ғалаба билан бошлади  5 01:54Илёс Зейтуллаев: "Бу мавсум чемпионлик учун "Насаф", ОКМК, "Сўғдиёна" ва "Пахтакор" курашади"  5

Star wars yoki yulduzlar jangi. “Real” va “Barselona” “El Klassiko”ga qanday tayyorlanishyapti? Yangiliklar

Star wars yoki yulduzlar jangi. “Real” va “Barselona” “El Klassiko”ga qanday tayyorlanishyapti?

SHak-shubhasiz, “El Klassiko” doimo futbol kalendaridagi eng kutilgan voqealardan biri bo'lgan.
Yangi mavsumda buyuk jang yangi ranglar bilan bo'yaladi. “Barselona”dagi qayta tuzilish faqatgina futbolchilarga emas, balki murabbiylar shtabiga ham tasir qildi. Kataloniyaning bir necha o'n yillik raqibi o'zining ustunligini yanada oshirmoqchi. O'tgan mavsumda CHempionlar Ligasi va qirol Kubogiga ega chiqqan madridliklar bu mavsum to'xtab qolish niyatlari yo'q.



“Barselona”ning yozdagi savdo ishlariga bir ko'z yugurtirib chiqsak. Karles Puyol jamadan ketganidan so'ng “Barselona”ni jondan sevadigan muxlislari uchun huddi hayot tugagandek bo'ldi. Karles kataloniyaliklar tarkibida 15ta ajoyib mavsumni o'tkazdi, ammo u jarohatlardan charchadi va faoliyatini yakunlashga qaror qildi. Ispan grandi markaziya himoyachilariga doimo etirozlar bo'lardi, ammo bu gaplar hech qachon Puyolga tegishli bo'lmagan.

Uning ketidan jamoani birinchi raqamli darvozabon Viktor Valdes tark etdi. Ko'pchilik bu ishni yaxshi bo'lganini aytishi mumkin, chunki Valdes ko'p qo'pol xatolarga yo'l qo'yar edi, ammo u jamoaga foyda ham keltirar edi. SHu sabali , yangi bosh murabbiy Luis Enrike o'z vaqtini bekorga o'tkazmadi va jamoani ikki ajoyib darvozabon bilan to'ldirdi. Klaudio Bravo San-Sebastyanni Barselonaga almashtirdi, undan oldin esa Mark ter SHtegen Menxengladbaxning “Borussiya”sidan kataloniyaliklar safiga kelib qo'shilgan edi.


 
“Selta”ning sobiq murabbiyining kutilmagan yurishlaridan biri Aleksis Sanchesning sotilishi bo'ldi. Bravo bilan JCH-2014ni ajoyib o'tkazgan, “Udineze”dan katta mablag' evaziga o'tgan Aleksis Sanches jamoada ko'p qolmaydigan bo'ldi. Ivan Rakitich transferini “Barselona” o'z aktiviga qo'shib qo'ysa bo'ladi. Xorvat “Sevilya” safida 15 gol urib va 17ta golli pas oshirib mavsumni juda yaxshi o'tkazdi.
Luis Suares jamoaga kelgandan keyin ham to'liq ishonch bilan aytishimiz mumkinki, “Barselona” yana futbolchi xarid qiladi. Bu jamoa hozirda matbuot va muxlislar tomonidan katta bosim ostida bo'lib turishibdi. Asosiy savol shundaki, bu yangi futbolchilar bir butun bo'lib ketisha olarmikan. Bir jamoada ikki dunyo darajasidagi yulduzni kuzatish qiziq bo'ladi. Agar “Barselona” hujumida Messi va Suares juftligi o'ynaydigan bo'lsa, ularning tuzilishi 4-3-3dan 4-2-2-2ga yoki 4-4-1-1 bo'ladi va o'yin argentinalik yoki urugvaylik futbolchi atrofida quriladi.  



Neymarga bog'liq holat ham katta qiziqish uyg'otmoqda. Unga to'langan pullar tufayli, murabbiylar shtabi Neymarga asosiy tarkibda  joy topib berishiga to'g'ri keladi. Katta ehtimol bilan u qanotda o'ynaydi, ammo uning kuchi himoyaga yordam berishga ham etarmikin. Bizni birinchi “Klassiko”da katta surpriz kutib turibdi, chunki murabbiylar chiziqlar o'rtasidagi muvozanatni topa olishi va futbolchilarni 90 daqiqa davomida to'la kuch bilan o'ynashi uchun ruxlantira bilishi kerak.  

Madridning “Real” jamoasi tarkibni butunlay o'zgartirishga qaror qilmadi. Ispaniya poytaxtida doimo jamoani yanada kuchliroq qilishga urinishadi va ular o'tgan mavsum qanday qatnashganliklarini esdan chiqarishadi. “Real” o'tgan mavsumda Garet Beyl va Aser Illyaramendi uchun 123 million funt ishlatgan, bu yozda esa “Qirollik klubi”  natijani yangilamoqchi. Mundialda chempionlikka erishgan jamoaning asosiy futbolchilaridan biri Toni Kroos madridliklarga 25 million funtga tushdi. Bu transfer Xedira uchun yomon holat bo'lishi mumkin, chunki bu ikkala futbolchi bir chiziqda to'p tepadi.
 


Bu yozning eng qimmat transferi hozircha Xames Rodriges bo'lib turibdi. U “Portu” safida o'ynagan paytlarida katta iqtidor egasi sifatida sanalgan, ammo hech kim uni Braziliyadagi jahon chempionatida porlab chiqadi deb aytmagandi. Biz o'tgan mavsum Beylni barcha bosimni engib o'tganiga guvoh bo'lgan edik. Endi bu imtihondan Rodriges o'tishi kerak.

Hujumdagi Ronaldu, Xames, Beyl va Benzema to'rtligi evropaning  har qanday jamoa himoyasini sochib tashlay oladi. Varan va Illyaramendi yosh bulganlariga qaramay ular asosiy tarkibda joy olishlari mumkinliklarini isbotlab berishdi va ularning yulduzli vaqtlari keladi. Biz o'shandagina hozirgi “Barselona” boshidan kechirayotgan voqealarni  “Real”da ko'rishimiz mumkin.  

Eslatib o'tamiz, yangi mavsmudagi birinchi “El Klassiko” 26 oktyabr kuni bo'lib o'tadi.


Jasur Aslanov tayyorladi.
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика