Stanislav Andreev - "Navbahor" futbolchisi!
01 jan 2022 00:18
Yangiliklar
Tajribali himoyachi Stanislav Andreev jamoamiz bilan shartnoma imzoladi. Andreev 1988 yil 6 mayda Toshkent shahrida tug'ilgan.
Futbolchilik faoliyatini 2006 yili Sariosiyoning “To'palang” jamoasida boshlab, mazkur klub tarkibida 2 ta o'yinda maydonga tushgan.
Stanislav 2007-2018 yillar davomida Toshkentning “Paxtakor” jamoasida o'ynab, “sherlar” tarkibida 210 ta bahsda maydonga tushib, 25 ta gol urgan hamda poytaxtliklarning o'sha mavsumlardagi muvaffaqiyatlariga o'zining munosib hissasini qo'shgan.
2018 yilning 2-davrasida Bekobodning “Metallurg” klubi tarkibiga qo'shilgan Andreev ushbu klub tarkibida o'tgan mavsum yakunigacha to'p tepib, bekobodliklar tarkibida 90 ta uchrashuvda maydonga tushib, raqiblar darvozasiga 12 ta gol urdi.
Stanislav Andreev 2009-2017 yillar davomida O'zbekiston milliy terma jamoasi safida o'ynab, bosh jamoamiz tarkibida 39 ta bahsda maydonga tushib, 2 ta gol urgan.
Stanislav Andreevga yangi mavsumda jamoamiz tarkibida yorqin o'yinlar namoyish etib, “lochinlar”ning zafarlariga o'zining munosib hissasini qo'shishiga tilakdoshmiz.
“Navbahor” PFK matbuot xizmati.
2021 yilning 11 dekabr kunida Stanislav Andreevning "Navbahor"ga o'tishi mumkinligi borasida malumot bergandik.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ла Лига. "Реал Мадрид" ўз уйида "Реал Бетис"га 5 та гол урди
АПЛ. "Ман Сити" "Челси"га қарши ўйинда 90+4 дақиқада тўп ўтказиб юборди ва ғалабани бой берди, Ҳусанов 51-дақиқада захирадан ўйинга қўшилди
Ла Лига. "Барселона" сўнгги дақиқалардаги иккита гол эвазига "Эспаньол"ни мағлуб этди
Breaking! Бозоров, Алибоев, Рўзиев ва Холмуродов терма жамоадан чақирув олди
Fikrlar