So’nggi yangiliklar

11:23"Ливерпуль” собиқ футболчиси "Манчестер Юнайтед"га Стерлингни сотиб олишни таклиф қилди  0 10:53Роберт Левандовски футболдаги сўнгги йилларида нималарга эришишни истаётганини айтди  0 10:24АПЛнинг айни вақтдаги энг яхши футболчилар рейтинги тузиб чиқилди  1 09:55"Насаф"нинг икки футболчиси янги мавсумни "Локомотив"да ўтказади  3 09:26"Андижон" жамоаси футболчиси "Нефтчи"га ўтади  2 08:57"Манчестер Юнайтед" "Реал" футболчиси учун 200 миллион евро тўлашга тайёр  3 08:28"Андижон" ОЧЛ 2 турниридан қанча пул ишлаб топди?  5 07:59"Реал" Алонсонинг илтимосини бажармайди  5 07:30"Насаф" етакчиларидан бири жамоадан кетаётганига ишора қилди  8 02:55АПЛ. "Манчестер Юнайтед" ўз майдонида "Ньюкасл"ни қийинчилик билан мағлуб қилди  12 01:30Жон Терри Чемпионшип жамоасини бошқариши мумкин  0 00:49"Goal" мавсумнинг биринчи қисми рамзий термасини тузди  5 00:31Саудия Арабистони. "Ал Ҳилол" ғалабага эришди, "Ал Аҳли" мағлуб бўлди  0 00:17Марсело: "Мен Роналдудек бўлмаганман. Доимо ҳаётдан завқ олганман"  9 23:45Пеп Гвардиола: "Барчадан 10 очко олдинда бўлишни истардим"  5

"Stadionlarga qaytamiz" Yangiliklar

"Stadionlarga qaytamiz"

Italiya futboli sekin-asta normal hayotga qaytmoqda.

"Stadionlarga qaytamiz" – "La Gazzetta dello Sport"ning oxirgi soni muqovasida shunday sarlavha aks etgan. SHuningdek, birinchi sahifada — umidvor nigohli bolakay.

Italiya hukumati Evropa chempionati uchrashuvlarini stadionlarda tomoshabinlar bilan o'tkazishga ruxsat berdi. Rejaga ko'ra, Rimda 4ta o'yin bo'lib o'tishi lozim:

Italiya – Turkiya, 11 iyun
Italiya – SHveycariya, 16 iyun
Italiya – Uels, 20 iyun
CHorak final, 3 iyul

"Olimpiko" stadionidagi o'yinni tribunalardan 15,5 ming muxlis tomosha qilishi mumkin — stadion umumiy sig'imining 25%. 

Endi Liga prezidenti Paolo Del Pino chempionat uchrashuvlariga tifozini ham kiritishga ruxsat berishlarini istamoqda.

"Biz yaqin orada stadionlarga hech bo'lmasa ming nafar muxlisni qaytarishimizga ruxsat berishlariga umid qilamiz, — deydi Dal Pino. — Stadionlarning ochilishi bo'yicha qaydnomalar bir yildan buyon muhokamada. CHempionatning oxirgi uchrashuvlarida, "Evro"dagi kabi tribunalarda 25% tomoshabin bo'lishini istardik. Bu yirik musobaqa oldidan o'ziga xos test ham bo'lardi".

Albatta, bu normal hayot tarziga qaytish uchun katta qadam. Tomoshabinlar uchun ham ajoyib yangilik bo'lardi. Ammo bunda klublarga yordam ham bor. Bo'sh tribunalarda o'tgan uchrashuvlar — moliyaviy jihatdan ulkan yo'qotishlarni anglatadi. Mavsum so'ngida esa katta, muhim uchrashuvlar ayniqsa ko'p bo'ladi. Ular orqali klublar ko'p bo'lmasa-da foyda ko'rishlari mumkin edi. A Seriyaning 37-turida "Yuventus" uyda "Inter"ni qabul qiladi, "Roma" esa derbida "Lacio" bilan to'qnash keladi, 38-turda – "Atalanta" "Milan"ga qarshi maydonga tushadi.

Nozima Zaripova tarjimasi

Reyting: +13   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика