Srechko Katanecning qachon O'zbekistonga kelishi malum bo'ldi
14 avg 2021 11:44
Yangiliklar
Srechko Katanecning qachon O'zbekistonga kelishi malum bo'ldi
O'FA milliy terma jamoa ustozi borasida bir qarorga keldi, yangi bosh murabbiy 18 avgustda Toshkentga keladi.
Xabaringiz bor, O'zbekiston futbol associaciyasi tomonidan mamlakat milliy terma jamoasiga yangi bosh murabbiy tayinlash bo'yicha bir qator ishlar olib borildi.
Jumladan, bir qator xorijiy va mahalliy murabbiylar nomzodi sinchikovlik bilan o'rganib chiqildi. Murabbiylar kengashi hamda mutaxassislarning tahlili va tavsiyasiga ko'ra yakunda O'zbekiston milliy terma jamoasi bosh murabbiyligiga sloveniyalik tajribali mutaxassis Srechko Katanec nomzodi maqul, deb topildi.
O'FA hozirga qadar sloveniyalik murabbiy bilan og'zaki kelishuvga erishdi va kelayotgan haftada, aniqrog'i 18 avgust kuni Srechko Katanec o'zaro muzokaralarning yakuniy bosqichini o'tkazish uchun yurtimizga tashrif buyurishi kutilmoqda.
Fikrlar