So’nggi yangiliklar

19:51"Барселона" Луис Диас учун "Ливерпул"га қанча тўламоқчи?  0 19:50Про лига. "Жайхун" "ФарДУ" билан, "Олимпик-MobiUz" "Локомотив" билан ўйнамоқда  0 19:25"Барселона" юлдуз ҳимоячисини сотиши мумкин  0 19:00Мареска "Челси"нинг янги трансферини анонс қилди  1 18:32Очилов, Баратов, Ўрмонжонов, Ресан, Муртозаев ва бошқалар... Суперлига 12-тур рамзий терма жамоаси  0 18:04Қўқонда йирик ғалабага эришган мураббий, дубль қайд этган ҳужумчи, дербида дуранг ўйнаган посбон — Суперлигада 12-турнинг энг яхшилари  2 17:32Кафу: "Гаттузо – мукаммал танлов"  2 17:04Мбаппе Испания ғазнасига 14,5 млн евро туширади  1 16:38"Арсенал" иқтидорли футболчиси билан шартномани узайтиришга жиддий киришган  0 16:11Transfermarkt: Мозговой Неъматовга етиб олди, Сергеевнинг нархи 1 миллион бўлди   7 16:03"Насаф" Қаршида "Навбаҳор" устидан минимал ғалабага эришган ўйиндан ГАЛЕРЕЯ  3 15:40Ўзбекистон U-16 терма жамоаси Тошкент вилоятида йиғинга киришди  3 15:05Винисиус Хаби Алонсо ҳақида қандай фикрда?  0 14:36Англиянинг 3 та клуби Гарначога қизиқмоқда  0 14:07"Барселона" Гави борасида бир қарорга келди  0

Srechko Katanecning O'zbekiston termasiga qarshi statiskasi qanday? Yangiliklar

Srechko Katanecning O'zbekiston termasiga qarshi statiskasi qanday?

O'zbekiston milliy terma jamoasi JCH-2022 saralash bosqichi uchinchi raundiga o'ta olmagach, bosh murabbiy Vadim Abramov ishdan bo'shatildi.

O'FA uning o'rnini xorijlik mutaxassis bilan to'ldirmoqchi. Championat.asia sayti 8 avgust kuni sloveniyalik Srechko Katanec bilan aloqaga chiqilganini malum qildi. SHu tufayli mazkur murabbiyning O'zbekiston terma jamoasiga qarshi o'tkazgan bahslari tarixiga nazar soldik.

Katanec Birlashgan Arab Amirliklari va Iroqni 3 bor O'zbekiston termasiga qarshi maydonga boshlab tushgan.

1. Osiyo kubogi saralashi

Sloveniyalik murabbiy boshchiligidagi BAA milliy jamoasi 2010 yilning 3 mart kuni Toshkentda mehmon bo'lgandi. "Paxtakor" markaziy stadionida o'tkazilgan bahs taqdiri hakam tomonidan qo'shib berilgan 2-daqiqada hal bo'ladi. Arablarning tezkor qarshi hujumi Sulton Menhalining goli bilan yakun topadi. O'shanda terma jamoamiz ustozi vazifasini Mirjalol Qosimov bajarayotgan edi.

O'zbekiston 0:1 BAA (3.03.2010)

Gol: Sulton Menhali 90+2

O'zbekiston: Ignatiy Nesterov - Islom Inomov, Anvar G'ofurov, Anzur Ismoilov, Vitaliy Denisov - Server Jeparov, Azizbek Haydarov, Odil Ahmedov, Jasur Hasanov - Aleksandr Geynrix (Timur Kapadze, 81), Bahodir Nasimov (Farhod Tojiev, 62).

BAA: Majid Nosir - Hamdan al Kamoli, Fares Juma, Volid Abbos, Yusuf Jobir - Subait Xotir (Ahmad Halil, 85), Amir Muborak al Hammadi, F. Masud (Sulton Menhali, 61), Ali al Vahabi - Muhammad al SHehi, Said al Xotiri.


2. Dubaydagi o'rtoqlik

O'tgan yilning 17 noyabrida Vadim Abramov shogirdlari BAAdagi yig'in doirasida Srechko Katanec boshchiligidagi Iroq bilan to'qnashdi. Garchi Dostonbek Hamdamov hisobni ochgan bo'lsa-da, o'yin yakunida muvozanat iroqliklar tomonga og'ib ketdi. Etiborli jihati, aynan Katanec milliy jamoamizning Iroqqa qarshi 8 o'yindan iborat, 16 yillik mag'lubiyatsiz seriyasiga nuqta qo'yishni uddaladi.

Iroq - O'zbekiston 2:1 

Gollar: Dostonbek Hamdamov 39 penalti, - 0:1. Mohanad Ali 64, - 1:1. Ali Adnan 85 penalti, - 2:1.

O'zbekiston: 12.Abduvohid Nematov, 6.Azizjon G'aniev, 5.Rustam Ashurmatov, 2.Islom Qobilov, 3.IbrohimHalil Yo'ldoshev, 9.Abror Ismoilov (14.Akmal Mozgovoy, 68), 18.Lutfulla To'raev (15.Murod Xolmuhammedov, 74), 13.Sanjar Qodirqulov (8.Oybek Bozorov, 84), 17.Dostonbek Hamdamov (9.Jaloliddin Masharipov, 68), 20.Hojimat Erkinov (19.Azizbek Turg'unboev, 774), 11.Temurxo'ja Abduxoliqov (7.SHahboz Ubaydullaev, 84).
Zaxira: 1.Botirali Ergashev, 16.Javohir Ilyosov, 4.Husniddin Aliqulov, 21.Igor Golban, 22.Jamshid Iskanderov, 23.Bobir Abdixoliqov.

Iroq: 20.Muhammad Hamid, 4.Saad Notiq, 23.Maitham Jabbor, 5.Atiya, 17.Alaa Mhavi (3.Muhammad Mustafo, 46), 14.Amjad Attvan, 6.Ali Adnan (21.Muhammad Raed, 90+2), 11.Humam Tariq (7.Mazin Fayyad, 46), 13.Bashar Resan, 8.Ibrohim Bayesh (22.Muhammad Mazxir, 89), 10.Mohanad Ali.

3. Toshkentdagi ilk mag'lubiyat

4 oydan keyin Iroqni Toshkentda qabul qildik. Bu gal o'yin mehmonlarning minimal hisobdagi g'alabasi bilan yakunlandi. Srechko Katanec esa Iroq futboli tarixida Toshkentda zafar quchishni uddalagan ilk murabbiyga aylandi.

O'zbekiston - Iroq 0:1

29 mart 2021 yil. Toshkent. "Bunyodkor" stadioni. 18:00

Hakamlar: Nurzatbek Askat Uulu, Sergey Grishchenko, Ismailjan Talipjanov (uchalasi Qirg'iziston), Ahrol Risqullaev (O'zbekiston).

Nazoratchi: Bahodir Qo'chqorov. 

Komissar: Aleksandr Davidenko.
GOL: 56 -  SHerko Karim Latif 0:1

O'zbekiston: 12.Abduvohid Nematov, 4.Farruh Sayfeiv, 20.Islom To'xtaxo'jaev, 21.Azim Ahmedov, 3.IbrohimHalil Yo'ldoshev, 19.Otabek SHukurov, 9.Odil Hamrobekov, 6.Oston O'runov, 7.Sardor Rashidov, 10.Jaloliddin Masharipov, 14.Eldor SHomurodov.

Zaxira: 1.Javohir Ilyosov, 2.Islomjon Qobilov, 5.Iskandar SHaykulov, 8.Oybek Bozorov, 11.Igor Sergeev, 13.Sanjar Qodirqulov, 15.Murod Xolmuhammedov, 17.Dostonbek Hamdamov, 18.SHahzod Ubaydullaev, 22.Javohir Sidiqov, 23.Hojimat Erkinov.

Iroq: 12.Jalol Hassan, 2.Ahmed Ibrohim, 5.Ali Fayoz, 7.Safaa Xadi, 8.Hussayin Ali, 9.Ibrohim Bayesh, 11.Humam Tariq, 13.Bashar Resan, 14.Amjed Atvan, 15.Durgam Ismoil, 17.Alaa Mhavi.

Zaxira: 1.Fahad Tolib, 20.Ahmad Basil, 3.Mustafo Musluhi, 4.Mustafo Maan, 6.Faysal Jasim, 10.Alaa Abdul Zahro, 16.SHerko Karim Latif, 18.Muhammad Davud, 19.Mug'ammad Qosim, 21.Hasan Raed, 22.Ahmad Hamid, 23.Maytam Al Farttusi.


Xulosa

Srechko Katanec murabbiylik faoliyatida O'zbekiston terma jamoasi bilan 3 bor to'qnashgan va 100 foizlik natija qayd etib turibdi. Etiborli jihati, hamyurtlarimiz Sloveniyalik mutaxassis boshchiligidagi jamoalar darvozasiga faqat 1 marta yo'l topishgan.

Qadrli muxlis, siz qanday fikrdasiz? Katanec tayinlovi amalga oshsa, milliy jamoamiz uchun foydali bo'ladimi?

Muallif :
Reyting: +38   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика