So’nggi yangiliklar

11:31"Ман Сити" 20 ёшли марказий ҳимоячисини Бундеслига жамоасига ижарага берди  0 10:48Лионель Месси келажакда ўзини мураббий сифатида кўриш-кўрмаслиги ҳақидаги саволга жавоб берди  1 10:20МЮни бошқариш учун асосий даъвогар маълум  5 09:53"Андижон" Туркияга йўл олди. Йиғинга йўл олган таркиб билан танишинг  8 09:26Расман. "Бунёдкор" янги мавсум олдидан илк трансферини эълон қилди  1 09:00He Were Go. "Манчестер Сити" қишдаги илк транферини амалга оширди  1 08:32Африка Миллатлар Кубоги. Чорак финал жуфтликлари маълум  2 08:05"Сабаҳ" Раҳмоналиевни қанчага сотиб олгани маълум  2 07:37U-23 Осиё кубоги. Бугун Олимпия терма жамоамиз ўз юришини бошлайди  4 04:06Хуан Гарсия "Барселона"даги илк совринини Жиддада ютмоқчи  2 03:46Иньяки Уильямс ва Вальверде "Барселона" билан ўйиндан олдин нима деди?  4 02:54А Серия. “Ювентус” “Сассуоло”га ҳеч қандай имконият қолдирмади  1 02:15Африка Миллатлар Кубоги. Кот-д'Ивуар Буркина-Фасони йирик ҳисобда таслим этиб, чорак финалга йўл олди  3 00:58Гвардиола Аморимнинг истеъфосига муносабат билдирди  2 00:39Ямал "Атлетик"га қарши ўйиндан олдинги расмий машғулотни ўтказиб юборди  0

Srechko Katanec Qatardagi Osiyo Kubogida necha nafar futbolchi xizmatidan foydalandi? Yangiliklar

Srechko Katanec Qatardagi Osiyo Kubogida necha nafar futbolchi xizmatidan foydalandi?

O'zbekiston terma jamoasining Qatar mezbonlik qilgan Osiyo Kubogidagi ishtirokiga oid malumotlar bilan o'rtoqlashishda davom etamiz.

Osiyo Kubogida kimlar debyut qildi?

Avvalgi Osiyo Kuboklarida murabbiylar tarkibga 23 nafar futbolchini jalb qilishshgan bo'lsa, OFK 2024 yil Qatardagi Osiyo Kubogiga 26ta o'yinchini ro'yxatdan o'tkazishga ruxsat berdi. Srechko Katanec 26talik limitdan to'liq foydalandi. O'tkir Yusupov, Zafarmurod Abdirahmatov, Abbosbek Fayzullaev, Muhammadqodir Hamraliev, Rustam Ashurmatov, Umar Eshmurodov, SHerzod Nasrullaev, SHahboz Umarov, Xojimat Erkinov, Abdulla Abdullaev, Abduqodir Husanov, Jamshid Boltaboev, Oston O'runov, Odiljon Hamrobekov, Diyor Xolmatov, Xojiakbar Alijonov jami 16 nafar futbolchi ilk bor qita turnirida maydonga tushdi. Bundan tashqari debyutantlar Abduvohid Nematov, Botirali Ergashev, Bobir Abdixoliqov, Aziz Amonovga imkoniyat berilgani yo'q. Srechko Katanec 26 nafar futbolchining 22 nafarining xizmatidan foydalandi. 

Avvalgi musobaqalarda bu ko'rsatkich qanday bo'lgan? 

1996 yilgi Osiyo Kubogida Bahodir Ibrohimov 23 nafar futbolchining 21 nafaridan foydalangan. Zafar Musaboev va Dmitriy Bashkevich maydonga tushishmagan. 

2000 yil Livanda o'tgan turnirda Yuriy Sarkisyan 22 nafar futbolchini jalb etgan va 20 nafaridan musobaqa davomida foydalangan. Darvozabonlar Narimon Osmanov va Georgiy Zabirov maydonga tushmagan. 

2004 yilgi qita musobaqasida 22 nafar o'yinchidan 20 nafari maydonga tushgan. Aleksey Polyakov va SHavkat Raimqulovning xizmatiga murabbiylar ehtiyoj sezmagan. 

2007 yil Rauf Inileev musobaqaga 23 nafar futbolchini olib ketgan va 19 nafar futbolchiga ishonch bildirgan. Iqbol Akramov, Botir Qoraev, G'ayratjon Hasanov, Ildar Magdeev zaxirada qoldirilgan. 

2011 yil Qatar yashil maydonlarida o'tgan Osiyo Kubogi uchun 23 nafar futbolchi taklif etilgan edi. Vadim Abramov faqatgina Farruh Nurliboev va Murod Zuhurovning xizmatidan foydalanmagan.  

Keyingi Osiyo Kubogida bu son biroz kamaydi. Avstraliyadagi Osiyo Kubogida 23 nafar futbolchining 19 nafari imkoniyatga ega bo'lishgan. 4 nafar futbolchi Farruh Sayfiev, Akbar To'raev, Egor Krimec, Eldorbek Suyunovga ehtiyoj sezilmagan. 

Ektor Kuper ham Qosimov singari 23 nafar futbolchidan 19 nafariga ishonch bildirdi. BAAda o'tgan turnirda Odiljon Hamrobekov, Doston Tursunov, Sanjar Quvvatov, O'tkir Yusupov biror marotaba maydonga tushmagan. 


Abdusalom Djalilov

Reyting: -7   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика